Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TAYYORLOV GURUHLARIDA A.NAVOIYNING “SHER BILAN DURROJ” HIKOYASINI O’RGATISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilariga “Sher bilan Durroj” hikoyasini aytib berish orqali bolalarga yolg’onchilikning oqibatlari, hikoyani o’rgatishning tarbiyaviy ahamiyati haqida yoritilgan. Kalit so‘zlar: intellektual, hikoya, yolg’onchilik, tafakkur, insonparvarlik, Sher va Durroj, adolatparvarlik, rivojlantirish, donishmandlik.   Mamlakatimiz kelajagi va davomchilari bo’lgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri bo’lib, ta’lim jarayonini maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlanishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.10.2020 yildagi PQ-4865-son “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilgani, Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabini tashkil etilishi, mamlakatimiz hamda bir qator xorijiy davlatlarda haykallari o‘rnatilgani, asarlar to‘plami to‘liq nashrdan chiqarilgani, poytaxtimiz markazidagi ulug‘ bobomizning muazzam me’moriy yodgorligiga mutanosib ravishda Adiblar xiyoboni barpo etilgani, Alisher Navoiy ordenini ta’sis etilishi hamda har yili an’anaviy ravishda 9-fevral shoirning tug’ilgan sanasi munosabati bilan adabiy tadbirlar, she’rxonlik va badiiy kechalar tashkil etilishi madaniy hayotimizdagi ulkan voqealarga aylandi. Prezidentimizning Farmon va Qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadigan maktabgacha ta’lim sohasida ham A.Navoiy hayoti va ijodini o’rganish takomillashtirildi. Chunki, maktabgacha ta’limda rivojlangan, sog’lom, barkamol bolani shakllantiradi, qobiliyatlarini  roʼyobga  chiqaradi, unda bilim olishga intilishni paydo qiladi, ularni  intellektual, hamda bolalarni tizimli umumiy oʼrta taʼlimga tayyorlash kabi maqsadlar yoʼlida ish olib boriladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkurini, ma’naviyatini shakllantirish bu doimiy tizimlilik, davomiylik va uzviylikni talab etadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy taxallusi ostida ijod qilgan o’zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi merosidan foydalanish, Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rgatish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Alisher Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi – insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik kabi go‘zal tuyg‘ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U “Bilim va donishmandlik – insonning bezagidir” – deb yozadi. Alisher Navoiy bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, bolani hayot “chirog’i” deb ta’riflaydi. Bola oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Alisher Navoiy bolalarga kichik yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishni ko’rsatib, o’g’il va qizlarni juda yoshligidan tarbiyachiga, muallimga berish lozimligini aytadi. Alisher Navoiy merosi osib kelayotgan yosh avlodga, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolalarning bilimini, tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishda muhim vositalardan sanaladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  “Til va nutq”  markazi bilan mashg’ulot faoliyatlarida Navoiy merosidan foydalanishning imkoniyati mavjud ekan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining dasturi hisoblangan “Ilk qadam” o‘quv dasturida yuqorida zikr etilgan mashg’ulotlar rejasiga Navoiyning “Sher bilan Durroj”, “Himmatli bo’lsang”, “Ikki vafoli yor”, “Bir kabutar” kabi hikoyatlari kiritilgan. Keltirilgan hikoyatlar “Hikoya qilib berish” rukni ostida. Demak, pedagog bu hikoyatlarni bolalarga so’zlab beradi. Hikoya qilish chog’ida bolalar gap nima haqida ketayotganligiga e’tibor berishlarini nazorat qilib turishi shart. Kerakli o’rinlarda savollar bilan murojaat qilib, bolalarni bahsga tortishi lozim. Bunda bola erkin fikrlashga, o’z fikrini bemalol bayon qilishga, boshqalar fikrini eshitishga va hurmat qilishga o’rganib boradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilariga “Sher bilan Durroj” hikoyasini aytib berish orqali bolalarga yolg’onchilikning oqibatlari xususida Durrojning yolg’on gapirishlarini tushuntirib berish lozim. Pedagog bu o’rinda qahramonlarni alohida ta’riflab o’tishi kerak. Sher – bu o’rmonlar shohi. U hech narsadan qo’rqmaydi. Lekin u o’z bolalarini o’ylaydi. Durrojning u yoqdan – bu yoqqa qilgan tinimsiz harakatlari bolalari tinchligini buzadi. Shuning uchun sher katta bo’lishiga qaramasdan Durroj oldida bosh egib, u bilan do’stlashdi. Mana shu o’rinda pedagog bolalarga o’z onalarining ular uchun hamma narsaga tayyorligini ta’kidlab, shuning uchun onalarining qadriga yetishi, hurmat qilishi, ularni har doim yaxshi ko’rishi, ardoqlashi, aytganlarini so’zsiz bajarishi kerakliligini aytib o’tishi lozim. Pedagog mashg’ulot davomida  bolalardan onalariga qanday munosabatda bo’lishlari haqida so’rab borsa ham o’rinli bo’ladi. Durrojning mahmadonaligi, o’zbilarmonchiligi, yolg’onchiligi o’z boshiga kulfat olib kelganligini pedagog obrazli qilib bolalarga sahnalashtirish orqali yetkazishi ularda katta taassurot qoldiradi. Shunda bolaning yolg’on va yolg’onchilikka bo’lgan munosabati oshadi, oqibati yomon bo’lishini sezib yolg’on gapirmaslik lozim degan fikrni miyasida mustahkamlaydi. Boladagi rostgo’ylik xususiyatining shakllanishi uning ma’naviyati yuksalayotganligidan dalolat beradi. Xulosa qilib aytganda, bola maktabgacha ta’im tashkilotida ta’lim olish davrida ertak, hikoya, rivoyat kabilarni eshitishga qiziqishi yuqori bo’lganligi sababli ularni jon qulog’i bilan eshitadi. Bu jarayonda eshitayotganlarning bolaga qay darajada ta’sir o’tkazishi tarbiyachining hikoya qilib berish mahoratiga ham bog’liq. Maktabgacha ta’im tashkiloti tayyorlov guruhlarida bolalarga aytib beriladigan A.Navoiyning “Sher bilan Durroj” hikoyasi har bir bola dunyoqarashini kengaytirib, undagi insoniy fazilatlarni o’stirishda ko’maklashadi. Bola eshitganlari va mana shu hikoyaning multfilmni ko’rib, fikrlab o’ziga yarasha xulosa chiqaradi.   FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI  
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.06.2017 yildagi PQ-3080-son O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.10.2020 yildagi PQ-4865-son “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori.
  3. https://tafakkur.net/sher-va-durroj/alisher-navoiy.uz
  Mirazimova Muxabbat Normatovna, A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti, o’qituvchi