Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

KREDIT-MODUL TIZIMI VA MASOFAVIY TA’LIM

Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi tashabbusi bilan institutda o‘quv jarayoniga masofaviy ta’lim platformasining joriy etilishi, kredit-modul tizimiga tayyorgarlikning borishi, o‘quv platformasidagi muammo va takliflar  mavzusida “Kredit-modul tizimi va masofaviy ta’lim” mavzusida vebinar o‘tkazildi. Mazkur onlayn vebinarda kafdra o‘qituvchilari  va talabalar ishtirok etishdi. Vebinarni Chet tillar fakulteti dekani professor A.Mamatov ochib berdi.  U o‘z ma’ruzasida Kredit modul tizimining Oliy ta’limdagi o‘rni, kredit modul tizimining afzalliklari, modul kredit tizimi esa talabaning oliy o‘quv yurtida samarali bilim olishini aniqlab beruvchi standartlashtirilgan baholash tizimi haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng vebinarni Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi katta o‘qituvchisi Jabborova Anora “Kredit-modul tizimi va masofaviy ta’lim” mavzusidagi taqdimoti bilan  davom ettirdi. U o‘z taqdimotida kredit modul tizimi, kredit modul tizimi asosida o‘qitilayotgan respublika va xorijdagi OTMlarning tajribalari va Ingliz tili amaliy kursi kafedrasida kredit modul tizimini tashkil etishning taxminiy rejasi bilan tanishtirib o‘tdi. Vebinar so‘ngida talabalar va kafedra o‘qituvchilari o‘rtasida kredit-modul tizimi, masofaviy ta’limning afzalliklari va kamchiliklari borasida muhokama bo‘lib o‘tdi. Talabalar masofaviy ta’lim yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, platformadagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tishdi.   Jabborova Anora                                                                                                                                                                                                                                Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi