Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Kitobxonlik haftaligi”tadbirlari

Axborot-resurs markazida 5 aprel kuni boshlangan “Kitobxonlik haftaligi”ning ikkinchi kunida institut Madaniyat saroyida viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi vakillari  Nurali Qobil, Xurshid Nurullaev, Muzaffar Xo‘jamberdievlar ishtirok etdi. Tadbirga barcha fakultetning talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari, axborot-resurs markazi xodimlari ham qatnashdi. Ijodiy uchrashuvni institut Yoshlar bilan ishlash  prorektori S.Nazarqosimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.  Ijod vakillari Respublikamizdagi ijodiy jarayonlar, adabiy muhit to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon etdilar. Ijodiy uchrashuv qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.  Kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, shu kuni institut axborot-resurs markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  “Musiqiy ta’limda kompyuter imkoniyatlari” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Amaliy mashg‘ulot San’atshunoslik fakulteti Musiqiy ta’lim metodikasi kafedrasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda talaba-yoshlarga musiqa fanini o‘qitishda  Sibilus  dasturidan foydalanish afzalliklari to‘g‘risida ma’lumot berildi va mutaxassislikka doir adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish