Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar-treningda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda tegishli bo‘lim va kafedra vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Haqberdi Hamzayev kirish so‘zi bilan ochib, ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Seminarda dastlab HEMIS axborot tizimida o‘qituvchi profilidan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berilgan bo‘lsa. Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi uslubchilari tomonidan HEMIS axborot tizimida o‘qituvchining asosiy vazifalari mavzusi batafsil yoritib berildi.

Shuningdek, seminarda taqdimotlar yaratish va Microsoft PowerPoint dasturida didaktik o‘yinlar yaratish texnologiyalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar tomonidan ma’ruzalar yuzasidan qiziqtirgan savollar berildi va mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi. Savol-javoblar jarayoni ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy muammolarni hal etishga qaratildi.

Mazkur seminar-trening professor-o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish hamda ta’lim sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.


Ulashish:
1 507
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.