Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/04/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Karamanoglu Mehmedbey University vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, xususan turk tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, turk tili va madaniyati markazini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, akademik mobillik va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.


Muzokaralar Karamanoglu Mehmedbey University rektori o‘rinbosari Idris Nebi Uysal boshchiligidagi delegatsiya hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev rahbarligidagi mas’ullar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.


Ulashish:
906
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.
«4+2» tartibidagi amaliyotga bag‘ishlangan konferensiya
Universitetda talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda «4+2» tartibidagi amaliyot jarayonini takomillashtirish maqsadida konferensiya tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar, amaliyot...
“Mening raqamli huquqlarim” mavzusida ochiq muloqot
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarning raqamli muhitdagi huquq va majburiyatlari, internetdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida ochiq...