Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Georgia TESOL prezidenti va vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maqsudjon Abdullayevich Yuldashev boshchiligidagi delegatsiya AQShning Georgia shtatida joylashgan University of Georgia universitetida o‘tkazilayotgan Georgia TESOL 2025 xalqaro konferensiyasi doirasida tashkilot prezidenti Dr. David Chiesa, Alisa Leckie va boshqa vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar TESOL (Teaching English to Speakers of Other Languages) sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini, ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy metodlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish yo‘llarini muhokama qildilar.

Dr. David Chiesa Jizzax davlat pedagogika universitetining xalqaro miqyosdagi faoliyati, ta’lim sifati va innovatsion yondashuvlarini yuqori baholab, kelgusida o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari, seminar va treninglarni birgalikda tashkil etishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

O‘z navbatida, rektor Maqsudjon Yuldashev Georgia TESOL bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro ta’lim standartlariga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, hamda o‘zaro tajriba almashishning ahamiyatini ta’kidladi.

Uchrashuv do‘stona muhitda o‘tdi va kelgusida Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Georgia TESOL o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida muhim kelishuvlarga erishildi.


Ulashish:
1 591
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.