Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/06/2022
Chop etish
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “IZLANISH”  KLUBINING OCHILISH TADBIRI

Qayerdaki fan yuksakda,

Unda yuksak inson ham.

Talaba-yoshlarni o‘z bag‘riga olib ularning iqtidori, iste’dodlarini yuzaga chiqarishga har qaysi pedagog xodim mas’ul, albatta. Chunki bugungi talaba yoshlarning o‘z iqtodor va iste’dodini namoyon qilish asnosida mamlakatimiz ilm-fan, san’at va adabiyot sohalarining tobora yuksalib borishi dolzarb masalalardandir.

Ana shunday  iqtidor va iste’dod egalariga institutda qulay imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda. Mana shunday imkoniyatlardan biri Jizzax davlat pedagogika instituti qoshida “Izlanish” klubi faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligidir. “Izlanish” klubi ijodkor talabalar (shoir, shoira va yozuvchilar), yosh adabiyotshunoslar va notiqlik mahoratiga qiziquvchi  hamda volontyor talabalar bilan muntazam shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.

Joriy yilning 9-iyun kuni institut madaniyat saroyi yana professor-o‘qituvchilar, tahskilotchilar va talaba-yoshlarga gavjum bo‘ldi. “Izlanish” klubining  a’zolari  klubning ochilish tantanasiga jam bo‘ldilar. “Qayerdaki fan yuksakda, Unda yuksak inson ham” shiori ostida bo‘lib o‘tgan klubning birinchi ta’sis yig‘ilishi hamda tantanali ochilishida o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani, dots. S.Soyipov kirish so‘zini oldi.  Klub a’zolari klubning Nizomi bilan tanishtirdilar. Ishtirokchilar tomonidan klub Nizomiga ko‘ra klubning uchta – ilmiy faoliyat, badiiy ijod hamda notiqlik mahorati yo‘nalishlari bo‘yicha tanishtiruv chiqishlari orqali  klub faoliyati haqida yig‘ilganlarga obzor ma’lumot berildi. Notiqlik mahorati yo‘nalishini batafsil yoritish maqsadida klub a’zolari tomonidan trening o‘tkazildi hamda ovozli notiqlik mashqlari namoyish etildi. Tadbir ochilish marosimida, klubning Nizomi, klub ramziy Nishoni hamda a’zolarining maxsus kiyimlari a’zolariga topshirildi.  Shuningdek, klub faoliyatida o‘zining tashabbuskor hamda ilmiy va badiiy ijodda faol qatnashib kelayotgan bir guruh a’zolari tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Klub ochilishining yakunida tashkilotchi-moderator Dilnavoz Salimova so‘zga chiqib, ushbu klubni tashkil etishdagi tashabbus va qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun institut rahbariyatiga, iqtidorli talabalarning rahbarlariga, ota-onalariga hamda o‘zbek tili va adabiyot fakulteti dekanatiga klub a’zolari nomidan minnatdorchilik izhor qildi.

O‘zbek tili va adabiyoti hamda san’atshunoslik fakulteti talabalari ijrosida badiiy qismga navbat berildi.  Klubning ochilishiga bag‘ishlangan tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o


Ulashish:
863
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Speaking Club” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ingliz tilida erkin muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida universitet rektori tashabbusi bilan “Speaking Club”...
13–14-mart kunlari umumxalq hashari doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Unda barcha fakultetlar professor-o‘qituvchilari hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etib, universitet hududlari, yo‘laklar va yashil maydonlarni tartibga keltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Inklyuziv yoshlar festivali doirasidagi tanlov va musobaqalar boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun qator tanlov va sport musobaqalari boshlandi.