Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING YOSH ORGANIZMNING O`SISHI VA RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI

Xoliqov Farxod Karamatullo o’g’li 550-22 guruh talabasi Oqboyev Usmonjon Ixtiyoro’g’li Jizzax davlat pedagogika universiteti O‘zbekiston, jizzax Elektron pochta farxodxoliqov77@gmail.com Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya, sport, yosh, organizm, rivojlanish, ta’lim-tarbiya, aqliy tarbiya, estetik tarbiya, mehnat tarbiyasi,   Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon hisoblanib, u keng qamrovli ta’lim-tarbiya, sog‘lomlashtirish va mehnatga tayyorlash kabi muhim jarayonlar o‘z ichiga oladi: Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati deganda quyidagi bog‘liq-liklar va vazifalarni tushunish lozim: uning aqliy, estetik va mehnat tarbiyasi bilan bog‘- liqligiga qisqacha ta’sir berish mumkin. Jismoniy tarbiya har bir soha yoki jarayonning mazmuni va yo‘nalishiga qarab, aqliy tarbiyani rivojlantirishda xizmat qiladi. Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati deganda mehnat qilish qobiliyati oshishi tushuniladi. Bunda ishlab chiqarish gimnastikasi, oraliq-tanaffuslarda turli xil mashq-o‘yinlar, dam olish kuni sport mashg‘ulotlari, sayohatlar va boshqa bevosita xizmatlar ko‘zda tutiladi. Estetik tarbiyani amalga oshirishda jismoniy tarbiyaning o‘rni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu raqslar, balet, tsirk, darbozlik kabi o‘yinlarda ifoda etiladi. Qo‘shiqchilik san’atida nafas olishni chuqur-lashtirish, tomoq yo‘llarini toza havo bilan chiniqtirish yo‘llarida ham jismoniy mashqlardan keng foydalaniladi. Badiiy, ritmik (aerobika) gimnastika, batutda sakrash, suvda suzish, suv osti gimnastikasi (sinxron suzish), muz ustida uchish va boshqa sohalarda badiiylik, estetik jihatlar jismoniy tarbiya va sport bilan bog‘liq. Jismoniy tarbiya va sportdan sog‘lomlashtirish maqsadida foydalanishda tabiatning sog‘lomlashtiruvchi ta’sir kuchlari (suv, havo, quyosh) hamda gigienik talablarga to‘la rioya qilinadi. Shu sababdan ham jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarida inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy hamda maxsus jarayonlar mujassamlashdan. Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarida sog‘lomlashtirish tadbirlari muhim ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy-peda-gogik jarayondir. Shu asosda jismoniy tarbiya va sport sohasida ixtisosli kadrlar tayyorlash davlat ahmiyatiga molik bo‘lgan muhim jarayon hi-soblanadi. Bu esa, o‘z navbatida jismoniy tarbiya va sport harakatidagi ehtiyojlarni qondirish, aholining ijtimoiymadaniy sharoitlarini yanada yaxshilash bilan bog‘liq. Bu yo‘lda Prezident va Respublika hukumati tomonidan olib borilayotgan tadbirlar o‘zining yuqori darajadagi samara-larini bermoqda. Shu sababdan aholining barcha qatlamlarida jismoniy tarbiya va sportning u yoki bu turi bilan shug‘ullanuvchilar soni tobora ko‘paymoqda. Bu esa jismoniy tarbiya va sportdagi ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarining mohiyatlaridan darak. Demak jismoniy tarbiya va sportning yosh organizmning o`sishi va rivojlanishidagi ahamiyati umumrivojlantiruvchi mashqlardir. Ular butun organizmning rivojlanishi va sog’lomlashishida muxim rol o’ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining rivojlanishi va mustaxkamlanishiga, bo’g’imlarning xarakatchan bo’lishiga muskullar taranglashuvi va bo’shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi. Bu mashqlarning vazifasi to’g’ri qad-qomatni shakllantirish, butun tayanch xarakat apparatini mustaxkamlash va qon aylanish, nafas olish, almashinish jarayonlari, nerv tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir. Umum rivojlantiruvchi mashqlar xarakatlarni idora qiluvchi oliy motor markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, ijobiy-emosional kayfiyat uyg’otadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar bir necha gruxga bo’linadi: 1.Yelka kamari va qo’l mushaklarini rivojlantirish va mustaqkamlash uchun mashqlar.
  1. Gavda, orqa mushaklarini rivojlantirish va mustaqkamlash uchun mashqlar.
  2. Oyoq va qorin mushaklarini rivojlantirish va mustaxkamlash uchun mashqlar.
Birinchi gruxdagi yelka kamari va qo’l mushaklari uchun mashqlar ko’krak qafasining nafas olishini oshirishga yordam beradi; diafragmani mustaxkamlaydi, chuqur nafas olishga imkon beradi, umurtqani rostlaydi, yurak mushaklarini mustaxkamlashga yordam beradi. Ikkinchi guruh mashqlari gavda, orqa mushaklari uchun.  Bu mashqlar to’g’ri qad-qomatning shakllanishiga ta’sir qiladi va gavdani oldinga va yon tomonlarga engashtirishda, o’ng, chapga burilishda, aylanishda umurtqaning egiluvchanligini rivojlantirishga yordam beradi. Uchinchi grux mashqlari oyoq va qorin mushaklari uchun.  Ular ichki organlarni tez xarakatlar (sakrashlar, sakrab tushishlar) paytida chayqalishdan qorin muskullarini mustaxkamlashga yordam beradi,  shuningdek, vena qon tomirlarida qon yurishmay qolishining oldini oladi (tizzaga chapatilash, yarim cho’qqayish, cho’qqayish). Umumrivojlantiruvchi mashqlar bola organizmiga xar tomonlama mustaxkamlovchi ta’sir etadi. Mashqdagi xar bir xarakat dastlabki xolatdan gavdaning to’g’ri xolati (tik turgan), o’tirgan, yotgan xolatlardan xamda oyoq va qo’llarning muayyan mashq uchun zarur xolatidan boshlanadi.  Dastlabki xolatlar turlicha bo’ladi:
  • Tik turgan xolatda oyoqlar uchun dastlabki xolat;
  • Tik turganda qo’llarning dastlabki xolatlari;
  • O’tirgandagi dastlabki xolatlar;
  • Yotgandagi dastlabki xolatlar.
Jismoniy mashqlar ko’krak qafasi xarakatchanligining kuchayishiga, nafas olishning chuqurlashishiga, o’pka xayot ko’lamining kengayishiga, qonning kislorod bilan to’yinishiga yordam beradi.  Shuning uchun bolaning to’g’ri nafas olishi barcha mashqlarni bajarishida muxim rol o’ynaydi. Shuningdek, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilishda dars mavzusiga mos harakatli o’yinni tashkil qilish va o’tkazish, Maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boriladigan jismoniy tarbiya muassasalari jismoniy tarbiya ishlariga quyidagilar kiradi: -ertalabki gigienik gimnastika; -mashg’ulotlar jarayonidagi jismoniy mashqlar; -sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya tadbirlari; -sport musobaqalari; -sayrlar; -davolovchi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini tashkil qilish yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek amalga oshiriladi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xususiyatlari, tarbiya muassasasi imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot va boshqa bir qator vositalarni hisobga olish zarur. Bundan tashqari murabbiy tashkilotchi ham yuksak bilimga, pedagogik mahoratga, intellektual salohiyatga ega bo’lishi kerak.   FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020 yil, 23.09. “Xalq so‘zi”. 2020 yil 25.09.
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-394 son. 2015.04.09. 38 b.
  3. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2019 y.10.10. T. Fan. 12 b.
  4. Osokin G.V. “Ta’lim-tarbiya jarayonida jismoniy madaniyat”. M. 2010. 289 b. Ped.fan.dos.dissertatsiya.
  5. Ganduk O.B. “Jismoniy madaniyat o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashning asosiy bosqichlari. Udmursk universiteti axborotnomasi”. №3, 28 b. 2017 y.
  6. Meliev X.A. va boshqalar. “Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati”. O‘quv qo‘llanma. Jizzax. 2021 yil. 180 bet.