Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/09/2024
Chop etish
JDPUda Ota-onalar forumi bo‘lib o‘tdi.
Ota-onalar, talabalar va o‘qituvchilarni birlashtirish, ta’lim dargohi bilan aloqalarni mustahkamlash, «Ota-onalar kongressi» faoliyatini ommalashtirish, yoshlarning vatanparvarlik ongini oshirish, qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan forumga 500 ga yaqin ota-onalar taklif etildi.
Forum ota-onalarni kutib olish marosimi bilan boshlandi. Taklif etilgan mehmonlar universitet tyutorlari va volontyor talabalar yordamida oliygoh tarixi va bugungi o‘tkazilayotgan tadbir dasturi bilan tanishtirildilar.

Forumda avvalida ota-onalarga universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi va yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirilib, talabalarga beriladigan imtiyozlar, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish uchun tashkil etilgan to‘garaklar va boshqa shu kabi masalalar haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Forum ishtirokchilari dastavval universitet sport maydonchalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Shundan so‘ng mehmonlar o‘quv va ilmiy laboratoriyalari, Steam park, kutubxona zallari va yangi tashkil etilgan «Professorlar bog‘i» bilan ham tanishishdi.

 

 

Forum ishtirokchilariga yangi tashkil etilgan «Professorlar bog‘i» haqida ham ma’lumotlar berildi. Mehmonlar bog‘da tashkil etilgan turli ko‘rgazmalar tasviriy san’at namunalari, folklor jamoalar chiqishlaridan ham bahramand bo‘lishdi.

Shundan so‘ng universitetning madaniyat saroyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir universitet Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimovning kirish so‘zi boshlandi.

prorektor o‘z so‘zida bugun universitetda talabalar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilganini va ushbu yaratilgan sharoitlar, qulayliklardan oqilona, foydalanish hamda muhim jihat-ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash orqali ta’lim-tarbiyasiga hamjihatlik bilan nazorat qilish zarurligi xususida alohida ta’kidlab o‘tdi.

Ota-onalar bilan dildan suhbat davomida ularni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi. tadbirda namunali talablarining ota-onalariga tashakkurnomalar berildi. O‘z navbatida bunday e’tibordan mamnun ota-onalar o‘z dil izhorlarni bayon etishdi.

Shuningdek, forum doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan mavzuga doir sahna ko‘rinishlari mahorat bilan namoyish etildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. O‘z o‘rnida ota-onalar ham farzandlari uchun munosib sharoitlar va g‘amxo‘rlik uchun tashakkur izhor etishdi.


Ulashish:
716
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro hamkorlik doirasida boks bo‘yicha master-klass va shartnoma imzolandi.
Revolution Boxing Promotion kompaniyasi bilan o‘zaro kelishuv asosida Jizzax davlat pedagogika universitetida sport faoliyatining boks yo‘nalishi talabalari uchun maxsus master-klass tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumdan avval tashkil etilgan uchrashuvda musiqa ta’limi yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ochib berdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.