Kafedra mudiri v/b k.o‘. Norbekova R. : Hurmatli o‘qituvchilar sizlarga ma’lumki Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarorlari hamda kafedraning 2016 – 2017 o‘quv yili uchun rejalashtirilgan ochiq darslar yuzasidan kafedramizda navbatdagi ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq dars kafedramiz o‘qituvchisi Jabborova A.ning “ Grammatikani faoliyat orqali o‘rgatish” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Ochiq darsning o‘tilishini holisona baholash uchun sizlardan ushbu ochiq dars yuzasidan o‘z fikr va mulohazalaringizni bildirishingizni so‘rayman.
Katta ukituvchi Darveshova G. : Davlatimiz tomonidan chet tillarni o‘kitishga va o‘rganishga yaratib berilgan shart-sharoitlardan barchamiz shod bo‘lamiz.Aynan shunday shart-sharoitlarni fakultetimizda ham uchratamiz.Bunga yakkol namuna sifatida bugungi ochik darsni keltirishimiz mumkin.. O‘kituvchi va talaba munosabati samimiy bo‘ldi.Dars davomida multimediya vositalaridan samarali foydalanildi. Darsda talabalarni guruh va hamkorlikda ishlashlariga imkoniyat yaratildi.Ish kamchiliksiz bo‘lmaydi albatta.Darsda guruxlar bilan ishlaganda barcha o‘quvchilarni birdek mavzuga jalb qilish lozim. Sust talabalar unchalik ishtirok etmadi..Keyingi darslarda o‘kituvchi buni inobatga oladi deb umid kilamiz.
O‘kituvchi Bahriddinova D.: Men xam prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi qarori o‘qituvchilar oldiga o‘z kasblariga bo‘lgan ma’suliyatini yanada oshirish hamda darslarni jahon standartlariga javob beradigan, axborot texnologiya vositalaridan, multimediya va elektron darslikdan foydalanishdek ma’suliyatni yuklaydi deb o‘ylayman. Shu fikrdan kelib chiqqan holda Jabborova A. ham ochiq darsni kompyuter texnologiyalari va slaydlardan foydalanib o‘tdi. Bundan tashkari ochiq dars davomida “Grammar-Translation” metodining kelib chiqishi va uning dars jarayonida.chet tillarini o‘rganishdagi ahamiyati haqida gapirdi.Dars davomida qo‘llagan turli metodlari jumladan, “Broken sentences”, ”Case Study” usullari juda qiziqarli bo‘ldi. O‘qituvchi Hamidova S.: Men ham yuqorida bildirilgan fikrlarni qo‘llagan holda shuni ta’kidlab aytamanki, dars o‘ta ma’suliyat bilan rejalashtirilgan.”Right Word ,Wrong Place”, “Memory Game” usullari talabalarning qiziqishini oshirdi..Talabalar mustaqil ishladilar va xamkorlikda ish olib bordilar, o‘qituvchi bu bilan interfaol usullarning afzal tomonlari ochib berdi deb o‘ylayman. Kafedra mudiri v/b k.o‘.Norbekova R.: Jabborova A. yosh va uz faoliyatini boshlaganiga uncha ko‘p bo‘lmagan bulsa-da uzining darsga bulgan masuliyatini kursata bildi. . Bugungi ochiq dars masalasiga kelsak, albatta ukituvchi tajribasiga boglik bulgan kamchilikka karamasdan, dars menga yoqdi, o‘qituvchining nutqi ravon , o‘qituvchi dars jarayonida shunday do‘stona atmosfera yarata oldiki, talabalar erkin gapirdilar va darsda faol qatnashdilar. Ochiq dars muhokamasi yuzasidan kafedra o‘qituvchilari Ciddikova D., Safarova D. va boshqalar so‘zga chiqishdi va dars haqidagi fikr va mulohazalarini bildirdilar.