O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmoni hamda, 2018 -yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3 514-son qarori qarori asosida ishlab chiqilgan “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 23-sentabr, yakshanba kuni erta tongdan Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 410-guruh talabalari guruh rahbari Raxmonkulov Feruz boshchilgida Samarqandning boy madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida buyuk ajdodlarimiz yodgorliklari: Imom al-Buxoriy, Amir Temur, Bibixonim madrasasi, Registon majmuasi, Shohi Zinda, Ulug’bek observatoriyasi, birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov qabrlarini ziyorat qilishdi. Talabalar Yaponiya, Fransiya, Portugaliya kabi davlatlardan tashrif buyurgan turistlar bilan muloqotda bo’lishdi.