Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/01/2026
Chop etish
“Global Citizenship Workshop” seminar-treningi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Kyungwoon University bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Global Citizenship Workshop” xalqaro seminar-treningi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar tomonidan global fuqarolik, yoshlar ovozi va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan majoziy mazmunga ega Qo‘shma deklaratsiya ishlab chiqildi. Ushbu hujjat yoshlarning mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasi, jamiyat va ta’lim o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalovchi muhim tashabbus sifatida e’tirof etildi.

Yakuniy yopilish marosimi universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A. Jabbarova hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi tashabbusi va ishtirokida tashkil etildi. Tadbirda seminar davomida faol qatnashgan talabalarning sa’y-harakatlari e’tirof etilib, ularga Jizzax davlat pedagogika universiteti va Kyungwoon University tomonidan berilgan qo‘shma sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur seminar-trening ikki universitet o‘rtasidagi xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning ilmiy-amaliy va fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


Ulashish:
82
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda kasbiy rivojlanish seminarlari davom etmoqda. Ravshan Jo‘rayevich bilan hamkorlik davom ettiriladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun shanba kunlari uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari etib belgilangan bo‘lib, mazkur kunlarda respublikadagi taniqli olimlar va ekspertlar ishtirokida o‘quv seminarlari...
“Global Citizenship Workshop” seminar-treningi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Kyungwoon University bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Global Citizenship Workshop” xalqaro seminar-treningi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi. Seminar-trening yakunida ishtirokchilar tomonidan...
JDPUda kasbiy rivojlanish seminarlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdagi o‘quv seminarlarini tashkil etish oldidan kafedra mudirlari, dekanlar hamda soha prorektorlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.