Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Uncategorized
Uncategorized
|
24/08/2021
Chop etish
DIQQAT TANLOV!!!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 7 iyuldagi “Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi ijrosi “Yo‘l xaritasi”ning 8 bandiga ko‘ra  “Saylov qonunchiligi va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy ishlar” tanlovini o‘tkazish belgilangan. Shu munosabat bilan institutimizda mazkur tanlov boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Tanlovga taqdim etilgan ilmiy ishlar uchta nominatsiya asosida  o‘tkaziladi:

1)      “Eng yaxshi saylov qonunchiligi bilimdoni”,

2)      “Eng yaxshi saylov tarixi bilimdoni”,

3)      “Eng yaxshi saylov jarayonlari bilimdoni”.

Tanlovning institut bosqichi 1 sentabr’ kuniga qadar amalga oshiriladi. Saralab olingan ilmiy ishlar Ishchi guruh taqrizi bilan birgalikda 20 sentabr’ kuniga qadar vazirlik ishchi guruhiga taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etib g‘olib bo‘lgan har uchala nominatsiya bo‘yicha 1-,2-,3-darajali diplom, ilmiy ishi chop etilgan to‘plam va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.         Tanlov va g‘oliblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanalida (@edu.uz) e’lon qilinadi.Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar institut Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.


Ulashish:
1 046
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.