Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
03/06/2025
Chop etish
Diqqat e’lon!
O‘zbekiston va Rossiya talabalari o‘rtasida “Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish” mavzusida xalqaro tanlov o‘tkazilishi e’lon qilinadi.

Ushbu tanlov Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi hamda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

Mazkur tanlovda ijtimoiy-iqtisodiy, menejment va yuridik sohalar bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari ishtirok etishlari mumkin. Qatnashish uchun arizalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkilotchilar tomonidan qabul qilinadi va tanlov oktyabr oyiga qadar bo‘lib o‘tadi.

Qabul muddati 2025-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi.

Batafsil ma’lumot taqdimot shaklida ilovada, shuningdek, https://rouz.vavt.ru/ onlayn platformasida keltirilgan.


Ulashish:
743
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Geografiya ta’limini modernizatsiyalash sharoitida yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlash muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi “Aydarko‘l Resort” majmuasida bo‘lib o‘tgan mazkur anjuman geografiya ta’limining bugungi holati, ustuvor yo‘nalishlari hamda global...
JDPUda sportga qaratilayotgan e’tibor: tashrif va taqdirlash bir nuqtada jamlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov boshchiligidagi delegatsiya Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurib, muassasada yaratilgan sport infratuzilmasi, mashg‘ulot va musobaqa jarayonlari bilan tanishdi.
JDPUda sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi sport bayramiga aylandi.
Tadbir professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan jamoalarni e’tirof etish bilan boshlandi.