Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
10/04/2025
Chop etish
DIQQAT E’LON!
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025-yilning 11-may kuni koreys tili bo‘yicha 100-TOPIK sertifikati imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan nazoratchilar va yordamchi xodimlar tanlovi e’lon qilinadi.

Koreys tili TOPIK imtihonini muvaffaqiyatli o‘tkazish maqsadida, JDPU imtihon nazoratchilari va yordamchi xodimlari saralanmoqda. Agar siz xorijiy tillardan: koreys tili, ingliz tili yoki rus tillarini yaxshi bilsangiz, imtihon jarayonida ishtirok etishga tayyor bo‘lsangiz va yordam berishga qiziqsangiz, tanlovda ishtirok eting.

Talablar:

  • Koreys tili TOPIK imtihonini yaxshi bilish.

  • Imtihon jarayonida yordam ko‘rsatish va tushuntirish qobiliyati.

  • Ishonchli va mas’uliyatli bo‘lish.

  • Imtihonlarda oldin ishtirok etilganligi va malakasi borligi

Vazifalar:

  • Imtihonning o‘tkazilishida yordam berish.

  • Ishtirokchilarni auditoriyalarga kuzatib borish.

  • Imtihondan bir kun oldin auditoriyalarni tayyorlash

  • Imtihonda texnik yordam ko‘rsatish va barcha jarayonlarning to‘g‘ri bajarilishini ta’minlash.

Afzalliklar:

  • Koreys tilini amaliy ravishda o‘rganish imkoniyati.

  • Imtihon jarayonida tajriba orttirish.

  • Belgilangan tartibda xizmat haqqi bilan ta’minlanish.

Ariza topshirish uchun: O‘zingizni tanishtiruvchi ma’lumotlaringizni ilovaga muvofiq +99891209-07-66 (@Sharof0766) telegram raqamiga yuborishingizni so‘raymiz.

Arizalar qabul qilinadi: 2025-yil 20-aprelgacha

Bizning yordamchilar jamoamizga qo‘shiling va koreys tili imtihonini muvaffaqiyatli o‘tkazishda o‘z hissangizni qo‘shing.


Ulashish:
458
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.
Giyohvandlikka qarshi kurash — umumxalq vazifasi.
JDPU madaniyat saroyida Ogog‘lik ma’sulliyat barqarorlik asosi mavzusida profilaktik tadbiri tashkil etildi.
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.
JDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Farsaxonova va o‘qituvchi N. Quvonova tomonidan 1-bosqich magistrantlari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘li Mehmetbey universiteti dotsenti Özlem Yılmaz Demirel hamda...