Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
08/01/2025
Chop etish
D I Q Q A T,    E’ L O N!
Ixtisoslik  kafedralar  diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qarorining 2,e-bandi hamda JDPU rektorining 2024-yil 12-sentyabrdagi 284-U-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida universitetning ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilarini xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida 2025-kalendar yilida malaka oshirish va stajirovka o‘tashlari uchun

TANLOV  E’LON  QILADI

Universitet ixtisoslik kafedralarining kamida 5 % professor-o‘qituvchilarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalar va ilmiy tashkilotlarga universitetning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan malaka oshirish va stajirovkaga yuborish bo‘yicha tanlovning xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlovchi bosqichi universitet ishchi guruhi tomonidan 2025-yil 7-8-fevral kunlari, tanlovning yakunlovchi bosqichi 2025-yil 11-12-fevral kunlari o‘tkaziladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

 arizalar faqat asosiy shtatda ishlaydigan ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilaridan qabul qilinadi;

 stajirovka tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlarning yoshlari chegaralanmaydi;

 malaka oshirish va stajirovka o‘tashga xorijiy tillarni o‘zining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan darajada biladigan nomzodlar yuboriladi;

 nomzodlarning arizalari va hujjatlari universitet tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan tanlov asosida saralab olinadi;

 malaka oshirish va stajirovkalar 15 kalendar kundan kam bo‘lmagan va ikki oygacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladi.

Nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar:

universitet rektori nomiga ariza;

nomzodning shaxsiy-ma’lumotnomasi;

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, fakultet dekani va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish va stajirovka o‘tash rejasi;

Nizomning 1-ilovasiga muvofiq malaka oshirish va stajirovka o‘tash loyihasini taqdim etish;

qabul qiluvchi tomonidan kelgan taklifnoma yoki rozilik xati;

til bilish darajasini belgilovchi hujjat (mavjud bo‘lsa);

fakultet kengashi qaroridan ko‘chirma.

130100, Jizzax shahri,

Sh.Rashidov shoh ko‘chasi, 4-uy, JDPU bosh binosi,

2-qavat, 217-xona, Xalqaro hamkorlik bo‘limi.

+99872-226-72-39;

+99891-209-07-66.


Ulashish:
174
Boshqa rubrikalarda mashhur

Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Maqsadlar sari yangi qadamlar! Jizzax davlat pedagogika universitetida diplom topshirish marosimlari davom etmoqda.
Bugun Boshlang‘ich ta’lim fakultetida diplom topshirish marosimi bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
JDPU professor-o‘qituvchilarining 80 nafar farzandlari yozgi oromgohlarda mazmunli dam olishdi!
Jizzax davlat pedagogika universiteti kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan sayohatlar doirasida joriy yilning iyun-iyul oylarida 80 nafar bolajon yozgi oromgohlarda xush va mazmunli dam olishdi.