Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/01/2018
Chop etish
Buyuksiz, Birinchi Prezidentimiz!

Buyuksiz, Birinchi Prezidentimiz!

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov

tavalludining 80 yilligiga

Bugun, sakson yillik ayyomlar bo‘lar,
Ko‘ngillar shodlanar, ko‘z-yoshlar to‘lar,
Qarshida Siz uchun haykal qo‘yilar,
Siz bizning Birinchi Prezidentimiz!

Samarqandda maqbara bunyod etildi,
Toshkentimda ko‘rgazma, muzey ochildi,
Joylarda Siz uchun ehson tortildi,
Siz bizning Birinchi Prezidentimiz!

Siz boshlagan ishlar davom etgaydir,
Shiddat-la yuksalib, oxir yetgaydir,
Shogird, deganlari shunday bo‘lgaydir,
Ustozsiz, Birinchi Prezidentimiz!

Yurtimiz shiddat-la rivojlanmoqda,
– Yurtboshim bosh-qoshdir, – chiroy ochmoqda,
O‘zbekiston ertasi buyuk bo‘lmoqda,
Ustozsiz, Birinchi Prezidentimiz!

Mustaqil yurtimning asoschisi Siz,
Davlat arbobi-yu, siyosatchisiz,
Tarixiy shaxs, inson va yo‘lboshchisiz,
Buyuksiz, Birinchi Prezidentimiz!

Siz doim yodimiz, qalbimizdasiz,
Xotira, quvonch-u baxtimizdasiz,
Kelajak yo‘lida ahdimizdasiz,
Buyuksiz, Birinchi Prezidentimiz!

Informatika o`qitish metodikasi
kafedrasi kata o`qituvchisi:                           Xurram Tangirov


Ulashish:
1 098
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...