Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

BOTANIKA FANI DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARIDA VESHENKA ZAMBURUG‘INI YETISHTIRISH

Nilufar Sagdullaevna Abdullaeva b.f.f.d (PhD) JDPU Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Rasulova Dildora Farxod qizi JDPU Tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishi 1 kurs magistranti Annotatsiya Maqolada oddiy veshenka zamburug‘ini yetishtirish va bu orqali botanika fanini o‘qitishda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish bayon etilgan.  Bunda talaba, texnologik va uslubiy muammolarni yechadi va shu umumlashgan muammoni umumiy yechimini kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarda to‘liq amalga oshiradi. Kalit so‘zlar: veshenka, mitseliy, substrat, qo‘ziqorin, kurs ishi Annotatsiya V state rasskazыvaetsya o vыraщivanii veshenki obыknovennыx i organizatsii vneklassnыx zanyatiy po prepodavaniyu botaniki. V etom sluchae student reshaet texnologicheskie i metodicheskie zadachi, a obщee reshenie etoy obobщennoy zadachi polnostyu realizuetsya v kursovoy i diplomnoy rabote.   Klyuchevыe slova: veshenka, mitseliy, substrat, gribok, kursovaya rabota Annotation The article describes the cultivation of common oyster mushrooms and the organization of extracurricular activities in the teaching of botany. In this case, the student solves technological and methodological problems, and the general solution of this generalized problem is fully implemented in the course work and graduate work.   Keywords: veshenka, mycelium, substrate, fungus, course work   Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ta’lim sohasini tubdan islox qilish, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish kabi maqsadni amalga oshirish yo‘lida ushbu tadqiqotniing iqtisodiy samaradorligi yuqoridir. Biologiyani o‘qitishda nazariya va amaliyotning birligi, uzviy bog‘liqligi qonuni, talabaning o‘qitish jarayonida bilim, tushincha, nazariyalarni ongli va mustahkam o‘zlashtirishiga erishish, ularni amaliyotga qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishni talab etadi. Oddiy veshenka-iste’mol uchun yaroqli qo‘ziqorinlar turiga kiradi. Uni O‘zbekiston sharoitida intensiv usulda o‘stirish mumkin. Tabiiy sharoitda terak, dub, ba’zan mevali daraxtlar atrofida noyabr oyidan to mart oyigacha uchraydi. Ushbu zamburug‘ni JDPI biologiya laboratoriyasi va issiq xonasida o‘stirish, urug‘ olish nazariy va amaliy natija berdi. Mikologiya bo‘limi mavzularini o‘zlashtirish uchun talabalarda amaliy ko‘nikmalar shakllantirishda qo‘l keldi. Ushbu jarayon botanika fanini o‘qitishda darsdan tashqari ishlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish orqali amalga oshirildi. Ozuqabop oddiy veshenka qo‘ziqorini yetishtirishdan maqsad, avvalo ekologik toza mahsulot tayyorlash, qisqa vaqtda katta daromad olish va bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlash mobaynida biologiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bakalavr talabalari, magistrlar botanika fanidan darsdan tashqari ishlarni bajarishdir. Oddiy veshenka zamburug‘i mitseliysidan toza holda urug‘ olish, ekiladigan donli mitseliyni tayyorlash xamda substraktga urug‘larni ekish va parvarishlash orqali nazariy bilimlarni amalda qo‘llanilishi va tajribalarga ega bo‘lish mumkin. Bunda talaba texnologik va uslubiy muammolarni yechadi va shu umumlashgan muammoni umumiy yechimini bitiruv malakaviy ishlarda to‘lig‘icha amalga oshiradi. Talaba tomonidan turli ozuqa substraktiga ekilgan zamburug‘larning rivojlanishi va hosildorligi aniqlanadi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish davomida qo‘yidagi vazifalar bajarilishi lozim bo‘ladi: – o‘quv rejada belgilangan mavzular asosida mustaqil ish va kurs ishi belgilab olinadi. – ish jarayonini olib borish uchun xona va kerakli jixozlar tayyorlanadi – topshiriq berilgan talabalarga ilmiy va metodik tavsiyalar beriladi – bilim, ko‘nikma va malakani olgan talabalar mustaqil ishlarni amalda bajaradilar, natijalar o‘qituvchi tomonidan tekshirib, tahlil etib boriladi – talaba kuzatish natijalarini daftarga yozib boradi, o‘z tahlil va xulosalarini bayon etadi. – topshiriq berilgan talabalarning natijalari va imkoniyatlariga qarab kelgusida kurs ishlari yoki bitiruv malakaviy ishlarni bajarishi lozim bo‘lgan mezon ishlab chiqiladi. Veshenka qo‘ziqorinlarini o‘stirish texnologiyasi to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, maktab biologiya laboratoriyasi yoki issixonada yetishtiriladi. Avvaliga substratni – qo‘ziqorinlar uchun oziqlantiruvchi muxitni tayyorlaymiz. Buning uchun maydalangan poxolni (qipiq, kungaboqar yoki chigit po‘choqlarini) qaynoq suvga solib damlaymiz yoki qaynatamiz. So‘ngra 40×80 sm kattalikdagi polietilen qopning ichiga sovigan substratni urug‘lik bilan aralashtirib solamiz. Qopning (og‘irligi 10-12 kg, yoki undan kamroq) og‘zini bog‘lab, stellajga qo‘yamiz. 3 kun o‘tgach, qopda 5-6 ta teshik ochamiz, bu tirqishlar orqali keyinchalik qo‘ziqorinlar o‘sib chiqadi. Qoplar xonada 16-20 kun turadi. Sharoitlar: qorong‘ulik, xarorat 18-20 daraja bo‘lishi kerak. 16-20 kun o‘tgach, qopdagi teshiklardan kichkina qo‘ziqorinchalar shodasi ko‘rina boshlaydi. Qoplarni boshqa xonaga olib o‘tamiz: bu xona 12 davomida soat yoritiladi, xarorati 10-16 daraja bo‘ladi, shamollatib turiladi (xonaga toza xavo kirishi kerak), namlik bo‘lishi xam shart. Bir xafta ichida qo‘ziqorinlar shodalari pishib yetiladi. Qoplar bir xaftacha dam oladi (bu vaqtda qoplarni bir necha soatga +10 daraja xaroratdagi suvga solib qo‘ygan yaxshi) va yana qo‘ziqorinlar o‘sib chiqaveradi. Hosilni ko‘pi bilan 3-6 oy yig‘ib olish mumkin. Bir qopdan (o‘rtacha 5-6 kg) taxminan 15 kg veshenka qo‘ziqorinlari xosilini yig‘ib olish mumkin.
Maktab  biologiya laboratoriyasida yetishtirilgan Veshenka qo‘ziqorinlari
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, ushbu maqolada keltirilgan o‘quv va ilmiy amaliy ishlar JDPI Tabiiy fanlar fakulteti biologiya laboratoriyasi va tajriba maydonchasida olib borildi. Bunda JDPI Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi talabalari va magistrlari ishtirok etdi. Tadqiqot natijalari ta’lim to‘g‘risidagi qonunda ko‘rsatilgandek bo‘lajak biologiya o‘qituvchisini amaliy tayyorgarlik saviyasini oshirishga xizmat qiladi.   Foydalanilgan adabiyotlar.
  1. Bugayov I.V. Nauchnыe i narodnыe nazvaniya rasteniy i gribov: Nauchno-populyarnoe izdanie. – Tomsk: TML-Press, 2010. – 601 C.
  2. Tojibaev Sh.J. O‘simliklar sistematikasi (tuban o‘simliklar) Toshkent, «O‘qituvchi», 1990.
  3. H.Hamdamov, S.B.Mustanov, E.I.Hamdamova, G.A.Suvonova. Botanika. Qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. – T.: 2013. – 178 – b.