Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Donishmandlik mantiyasiga munosib bo‘ling”, -dedi rektor bitiruvchi magistrlarga

Kuni kecha Jizzax davlat pedagogika instituti magistrlari bilan tantanali “Oq yo‘l sizga magistrlar” nomli bitiruv marosimi tashkil etildi. Tadbirda Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.Sharipov, bitiruvchi magistrlarnig ota-onalari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etidi. Jizzax davlat pedagogika instituti retkori Sh.Sharipov bitiruvchi magistrlarni tabriklab, “ishonamanki, yaqin kelajakda orangizdan xalqaro ahamiyatga ega IT-kompaniya rahbarlari, olimlar,  vazirlik va idoralarda o‘zining fidoyiligi bilan ishlaydigan, jamiyat rivoji uchun   hissa qo‘shadigan rahbarlar, bolajonlarimiz qalbida odamiylik, mehr muhabbat urug‘ini qadaydigan ustoz pedagoglar yetishib chiqadi. Qaerda bo‘lmang kiygan libosingizga, donishmandlik mantiyasiga munosib bo‘lib qoling”, – dedi o‘z chiqishida. Tadbir davomida tashkil etilgan ochiq muloqotda magistrlar ham so‘zga chiqib, o‘z navbatida, ustozlar va  institut  rahbariyatiga, ota-onalarga va mazkur oliygohda ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy-ta’limiy muhit uchun minnatdorchilik izhor etdilar. Shundan so‘ng 2 yil davomida jamoat ishlarida faol bitiruvchi magistrlarga institut rektori tomonidan tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi. Oliygohda 2022  yilda 20 ta mutaxassislik bo‘yicha jami 348 nafar yoshlar dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qilib, “Magistr” unvoniga ega bo‘ldi.