Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlarning jismoniy faolligi, jamoaviy ishlash ko‘nikmasini oshirish hamda besh muhim tashabbus doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning universitet bosqichi boshlandi.
Tantanali ochilish marosimini universitet rektori, professor Maqsudjon Yuldashev ochib berdi.




U o‘z so‘zida:“Bugun guruhlar orasida tanlab olingan jamoalar fakultetlararo musobaqalarda bellashishadi. G‘oliblar orasidan universitetning terma jamoasi shakllanadi. Har biringizga shijoat, jamoaviy ruh va yuksak natijalar tilayman. G‘olib bo‘ling!”– deya ishtirokchilarga ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishladi.


Shundan so‘ng so‘z musobaqaning bosh hakami, Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani, professor Furqat Ahmedovga berildi. U musobaqa shartlari va baholash mezonlari bilan tanishtirib, barcha jamoalarga omad tiladi.


Tantanali marosim “Besh tashabbus”ga bag‘ishlangan qo‘shiq bilan yakun topdi.





Bugungi bellashuvlarda mini-futbol bo‘yicha 9 ta jamoa ishtirok etmoqda. Bellashuvlar qizg‘in va yuqori ruhda kechmoqda. Finalga eng kuchli jamoa chiqib, an’anaviy tarzda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoasi bilan kuch sinashadi. Barcha jamoalarga muvaffaqiyat va g‘alaba tilaymiz!
