Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/10/2025
Chop etish
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Harvard University va MIT universitetlariga tashrif.

Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Massachusetts shtati, Boston shahrida joylashgan Harvard University va Massachusetts Institute of Technology (MIT) kabi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va universitetning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tashrif davomida Harvard va MIT universitetlarining xalqaro aloqalar bo‘limi vakillari, ta’lim texnologiyalari va innovatsion pedagogika yo‘nalishidagi mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda zamonaviy ta’limni raqamlashtirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, hamda pedagogika va lingvodidaktika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, Harvard va MIT universitetlarida qo‘llanilayotgan innovatsion ta’lim yondashuvlari, ilmiy loyihalarni tijoratlashtirish va ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash tajribasi bilan tanishildi.

Mazkur tashrif Jizzax davlat pedagogika universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, ilg‘or ilmiy-innovatsion tajribalarni o‘z ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.


Ulashish:
1 378
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.