Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/10/2025
Chop etish
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Harvard University va MIT universitetlariga tashrif.

Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Massachusetts shtati, Boston shahrida joylashgan Harvard University va Massachusetts Institute of Technology (MIT) kabi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va universitetning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tashrif davomida Harvard va MIT universitetlarining xalqaro aloqalar bo‘limi vakillari, ta’lim texnologiyalari va innovatsion pedagogika yo‘nalishidagi mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda zamonaviy ta’limni raqamlashtirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, hamda pedagogika va lingvodidaktika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, Harvard va MIT universitetlarida qo‘llanilayotgan innovatsion ta’lim yondashuvlari, ilmiy loyihalarni tijoratlashtirish va ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash tajribasi bilan tanishildi.

Mazkur tashrif Jizzax davlat pedagogika universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, ilg‘or ilmiy-innovatsion tajribalarni o‘z ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.


Ulashish:
1 152
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.