Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

ABDULLA QAHHORNING “O‘TMISHDAN ERTAKLAR” QISSASIDA DAVR VA O‘QITUVCHI OBRAZI TALQINI

Soberova Mohira JDPU                                                                                                    O`zbek tili adabiyoti  kafedrasi    o‘qituvchisi Badiiy adabiyot insonlarning ruhiy kamolotga va yuksak ma’naviyatga erishuvida muhim vosita bo‘lib, u ma’naviy haqiqatlarni aks ettiradi,insonlarga ko‘ngil orqali olamni tanishga ko‘maklashadi. Badiiy asarlar ta’sirchan bo‘ladi,ularning musiqiy ohangi,jozibasi o‘quvchini o‘ziga jalb qiladi,shu asnoda ular insonlar ruhini tarbiyalaydi,ma’naviy kamolot sari yetaklaydi. Abdulla Qahhor   XX asr o‘zbek adabiyotida juda katta o‘rin egallagan adib hisoblanadi. U o‘z asarlari bilan o‘sha davr jamiyatidagi illat va kamchiliklarni  ayovsiz tarzda ochib tashlagan.  Yozuvchining asarlari o‘tkirligini va hayotiyligini o‘quvchiga ta’sirini yozuvchi hayotni chuqur o‘rganganligi, asarlaridagi voqealarni ayrimlarini  o‘z  ko‘zi bilan ko‘rganligi, ayrim voqealar o‘zi bilan sodirbo‘lganligi bilan izohlash mumkin. Yozuvchining shunday asarlaridan biri bu “O‘tmishdan ertaklar” qissasi hisoblanadi. Qissaning markazida yozuvchining o‘zi turadi, bolaligidagi bo‘lgan voqealarni o‘sha davr til xususiyatlarini qanday bo‘lsa shunday holatda saqlagan holda hikoya qilib beradi. Qissa avtobiografik asar sifatida  baholangan. «O‘tmishdan ertaklar» – o‘zbek adabiyotining zabardast vakili bo‘lgan Abdulla Qahhor ijodiy merosida muhim o‘rin tutadi. Bu asar nafaqat yozuvchining bolaligidan hikoya qiladi, balki o‘tgan asr boshlarida millat bolalarining mashaqqatli hayoti xususida so‘z yuritadi.  Nafaqat bolalar, katta avlodning savodsizligi, davr fojialari jonli va ochiq-oydin tasvirlanadi. Uning asarlarida o‘zbek xalqining eng yaxshi jihatlari — sog‘lom aqli, ma’naviy kamoloti, keng mushohadasi, hajviylikka yo‘g‘rilgan hayotiy donoligi namoyon bo‘ladi. Aynan bugun so‘z yuritmoqchi bo‘lgan asar ” O‘tmishdan ertaklari” o‘z davrining sevimli asariga aylandi. “O‘tmishdan ertaklar”da muallif xotirasida chuqur iz qoldirgan odamlar haqida so‘zlaydi. Abdulla Qahhoning o‘zi: “Men yoshligimda guvoh bo‘lganlarimni yozdim. Haqiqatni, faqat haqiqatni yozdim. Agar bu haqiqat siz – zamonaviy yoshlarga dahshatli ko‘rinsa, demak, men bu achchiq haqiqatimni oxirigacha haqiqat hikoyasi – ertak deb nomlayman!”, degan. Darhaqiqat , yozuvchi bu asarida o‘zi ko‘rgan,o‘zi boshidan o‘tkazgan voqealarni bolalarcha talqin bilan bayon qiladi. Abdulla Qahhorning yozish uslubiga esa tan bermay iloj yo‘q. Abdullaning otasi temirchi bo‘lib, oilasi qishloqdan qishloqqa vaqtincha ish qidirish ilinjida ko‘chib yurgan. Kechqurunlari otasi unga suratlar tushirilgan eskirib ketgan    kitoblardan hikoyalar o‘qib berardi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, otasi Abduqahhor Jalilov va onasi Rohat o‘g‘liga boshlang‘ich ta’limni bera olishgan. A.Qahhor o‘ziga xos uslubi bilan chinakam milliy rassom hisoblanadi. Mavzu va voqe’ilikni u o‘zbekchilik haqiqatidan olgan. Uning qahramonlari ushbu muhitni ilgari surgan ro‘zg‘or, marosimlar, odatlari va xulqi bilan uzviy bog‘liqdir. O‘zbek xalqining, o‘tmish hayoti ko‘zini oldida yanada ravshanroq namoyon bo‘ldi. Ehtimol, shu sabab o‘ttizinchi yil o‘rtalarida yaratilgan asarlari dardu-g‘amga to‘ladir: “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Millatchilar”, “Shahar bog‘… Abdulla Qahhor ijodidagi, jumladan, “O‘tmishdan ertaklar”dagi “o‘quvchida juda og‘ir taassurot qoldiruvchi” zulmat – tarixning malomatli sahifalari”, “qora bo‘yoqlar”ning quyuqligi, nurli jihatlarning zaifligi nuqson emas, asarning o ziga xos xususiyati va fazilatidir. Bir joyda qo‘nim topolmay, qishloqma-qishloq ko‘chib, azondan kechgacha ter to‘kib ishlab, tinimsiz temir taqillatib, kichkina xonadon dasturxonini to‘kin qilolmay, armonda yurgan omadsiz ota, sakkizta bolasini qora yer bag‘riga berib, o‘jar qaynona dag‘dalari, dardabar hayot mashaqqatlari tufayli ozib-to‘zib, “arvoh” holiga tushgan mushtipar ona, shafqatsiz darbadar turmush, tahqir-u xo‘rliklardan “indamas”, “soqov”ga aylangan bola haqidagi lavhalar kitobxonning yurak-bag‘rini ezib yuboradi. Yozuvchi mehnatkashlar hayotiga oid biri-biridan ayanchli, biri-biridan dahshatli lavhalar keltiradi.Yo‘qchilik, jaholat qurboni Babarning mudhish taqdiri, ochilmasdan gulg‘unchaligida xazon etilgan “ hur qiz ” – Sarviniso halokati – har biri dahshat, fojia!  Jo‘n, ba’zan tasodifiy xatti-harakatlar juda ko‘ngilsiz va dahshatli oqibatlarga olib keladi. “O‘likning yog‘ini, tirikning tirnog‘ini yeyishga tayyor” turgan “ajdaho” To‘raqul vofurush, o‘jar dog‘uli Valixon so‘fi, olg‘ir, mug‘ambir ellikboshi , oqpodshoning arzandasi yuzboshi bilan bog‘liq hikoyalar dillarni larzaga soladi. Qissada goho ko‘ngilga huzur baxsh etuvchi nurli lavhalar, kishilararo hazil- mutoyibalar ham uchraydi, biroq     bu quvonchli daqiqalar uzoqqa bormaydi, tezda avvalgisidan battarroq, dahshatliroq hodisalar bilan almashadi. Ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, qonunsizlik, jaholat avj olgan yurtda ma’rifat, ijtimoiy adolat uchun olib borilgan kurash usuli ko‘pincha ma’nisiz, behuda, hattoki vahshiyona tus oladi: “ Qishloqqa ilm-ma’rifat urug‘ini sochgani kelgan ” Muhammadjon qorining yangicha usuldagi ta’lim maktabi johil kimsalar tomonidan xonavayron etiladi. Usta Abduqahhorning akasi qizi Sarvinisoni urib o‘ldirib qo‘yganda bu qotillik uchun hech kim hech narsa demaydi, aksincha bu ishni yaqin kishilar “yopti-yopti” qilishga urinadilar. O‘zbek adabiyotida ma’nisiz hayotning bu xildagi mudhish manzaralari hech qachon shafqatsizlik bilan ifoda etilgan emas. Asarning “Muhammadjon qori” bobini o‘qir ekansiz , yosh Abdullaning oddiygina temirchi otasi o‘sha davr uchun yangilik bo‘lgan jadid maktabiga olib borishini quyidagicha tasvirlaydi: ”Dadam bir kuni hufton namozidan”Katta machitda qo‘qonlik Muhammadjon qori “usuli jadid” degan yangi maktab ochgan,uch oyda bolani xat-Bu ysavodli qilarmish”,degan gapni topib keldi.Ertasi kuni meni katta machitga boshlab bordi “ deydi.[O‘tmish]  Abdulla muayyan muddat eskicha usuldagi maktabda o‘qiydi, xat taniydi, so‘ng Oqqo‘rg‘onda Muhammadjon qori degan ochiq fikrli odamning yangicha usuldagi (usuli jadidiya) maktabida o‘qishni davom ettiradi, ,,Qur’oni Karim»ni «Taborak» surasigacha yod oladi. Jadid ma’rifatchilarining darsliklaridan ta’lim oladi, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Tavallo, So‘fizoda, Sidqiy adabiyotlari bilan tanishadi. O‘sha jadid muallimi Muhammadjon qori yozuvchi shaxsiy hayotida chuqur iz qoldirgan, adib bir umr u kishi bilan iliq munosabatda bo‘ladi, ,,O‘tmishdan ertaklar»ning eng nurli bobini shu odamga bag‘ishlaydi.   Bu yerda Muhammadjon qori ularni kutib olish  chog‘ida,yosh Abdullaga ham qo‘l berib ko‘rishishi ,bola Abdullani ko‘nglini tog‘dek ko‘tarib yuborishi juda ta’sirli tarzda ifodalangan.    Ilgari maktab deganda, eski machitning nim qorong‘u zax xonasi, hoji do‘ppi kiygan Valixon so‘fi,bolalarning chug‘ur-chug‘uri,”apalamza al” degan ovozlari eshitilar edi. Yangi usuldagi maktabda esa  sakkiz qator  taxta partada jimjit kitob o‘qib,xat yozib o‘tirgan bolalarni ko‘rib ,o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi yanada oshadi.    O‘qituvchi tomonidan qilingan suhbat jarayonida Abdullaning tili chuchuk ekanligiga e’tibor berilib ,unga tutal,ya’ni tez aytish yod olish topshirig‘i  beriladi. Darhaqiqat jadid maktabida  o‘qish va yozish darslarini ikki oy o‘tar o‘tmas o‘zlashtirib olgan Abdulla peshqadam o‘quvchilar qatoriga kirganligini faxr bilan eslaydi. Hattoki,Mahmudiyning insho kitobidan maktub,turli hujjatlar nusxasini chiroyli ko‘chiradigan darajaga yetadi.Kuz faslida olti peshqadam  bola  faroizm va xarita o‘qish darslarini o‘rganishga  tavsiya qilinadi ,lekin davr g‘alamislarining fitna-fasodlari Muhammadjon qorining maktabdan haydalishiga sabab boladi.  Machit qorilari tomonidan tushgan shikoyatlarni o‘rgangani kelgan ponsod  sinfxonalaridagi taxta-partalarni buzdirib,machitning xovlisida  o‘z  qo‘llari  bilan o‘t qo‘yib yuboradi.O‘sha kuniyoq Muhammadjon qori maktabdan haydaladi.  Endi o‘sha davr ta’limiga islohotlar kiritish, jadid harakati yo‘lboshchilari tomonidan amalga oshirish sa’yi harakati amalga oshirilayotgan bo‘lsa, yozuvchilarimiz tomonidan esa  asarlarida aks ettirish muhim vazifalardan hisoblangan. A.Qahhor ham  jadid maktablaridagi yangiliklarni asar qahramonlari tilidan haqiqiy ko‘rinishini, tuzum tomonidan ularga qilinayotgan tayiziqlarni,taqiqlarni har bir narsadan ishkal topib,g‘animlik kirdikorlari qilinayotgan voqealarni roy-rost ochib beradi. Bu orada o‘lkada inqilobiy alg‘ov-dalg‘ovlar boshlanib ketadi. Oilaning ko‘chmanchi- darbadar hayoti barham topadi. . Abdulla dastlab sho‘ro maktabi «Istiqbol»da, undan keyin internatda, so‘ng «Kommuna maktabi»da o‘qiydi; o‘zbek bilim yurtining «Namuna-tadbiqot» maktabida, nihoyat bilim yurtining o‘zida o‘qishini davom ettiradi. G‘am-g‘ussaga to‘la  hikoyalarida, shuningdek «O‘tmishdan ertaklar» qissasida yozuvchi mustamlaka zulmi ostida ezilgan xalqimizning  20-asr boshidagi og‘ir hayoti, qismatini tasvirlagan. Yozuvchi ajoyib o‘xshatishlar, go‘zal sifatlashlar, original mubolag‘alar va metoforalar, hikmatli so‘z va iboralar yaratish orqali o‘z fikrini g‘oyat siqiq va obrazli qilib ifodalaydi. Qisqasi, o‘zbek adabiyotida ma’nisiz hayotning bu xildagi mudhish manzaralari hech qachon bu qadar shafqatsizlik bilan ifoda etilgan emas. Yozuvchi haqiqat oldida hatto o‘z yaqinlari, otasini ham ayamaydi. Bu jihatdan ,,O‘tmishdan ertaklar» XX asr jahon yangi adabiyotining noyob badiiy durdonalari qatoridan o‘rin olishga haqlidir.   Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Abdulla Qahhor. O‘tmishdan ertaklar. Sarguzasht qissa. –Toshkent.: Toshkent badiiy adabiyot nashriyoti, 1966 y 75
  2. Abdulla Qahhor. Asarlar. Olti tomlik, ikkinchi tom. Povestlar. O‘tmishdan ertaklar.– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1967 y.
  3. Abdulla Qahhor. Asarlar. Besh jildlik, uchinchi jild. Qissalar. O‘tmishdan ertaklar. – Toshkent: Gafur G‘ulom adabiyot va san’at nashriyoti, 1988 y.
  4. Quronov. D. Adabiyot nazariyasi asoslari.-Toshkent:Akademnshr, 2018.
5. Tanlangan asarlar. O‘z.M.E. 1-jild.-Toshkent. 2000-yi