Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Karera markazi
Karera markazi
|
13/12/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi talabalarga ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va amaliy seminar o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Tabiiy fanlar fakulteti bitiruvchi talabalari uchun ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir universitet rektori tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida o‘tkazildi.

Uchrashuvda Paxtakor, Do‘stlik, Zarbdor, Forish va Sh.Rashidov tumanlarining Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari kadrlar bo‘limi boshliqlari, Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining mutaxassislari, shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati filiali xodimlari va universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Seminar davomida ish beruvchilar talabalarga ta’lim sohasidagi mehnat bozori, ishga joylashish shartlari, zamonaviy talablar va kutilayotgan kasbiy hamda shaxsiy ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumotlar berdilar. Oliygohda egallangan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni ish jarayonida qo‘llash masalalari alohida muhokama qilindi.

Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, ularni rasmiylashtirish tartibi va moliyalashtirish shartlari bo‘yicha maxsus taqdimot o‘tkazildi. Tadbir davomida qayd etilishicha, 231 nafar bitiruvchi tomonidan kredit olish uchun hujjatlar topshirilgan bo‘lib, 143 nafar talabaga jami 2,387,100,000 so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Uchrashuv interaktiv ruhda o‘tdi, talabalar savollar bilan murojaat qildilar va ish beruvchilar tomonidan berilgan javoblar kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim ko‘mak bo‘ldi.


Ulashish:
2 159
Boshqa rubrikalarda mashhur

PORA OLISH – JAZOSI MUQARRAR JINOYAT!
Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan xavfli illat hisoblanadi. Xususan, pora olish jinoyati davlat boshqaruvi tizimiga putur yetkazib, fuqarolarning...
“Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi tashkil etildi.
2025/2026 o‘quv yili bakalavriat “Maktabgacha ta’lim” (kechki ta’lim) yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi 2026-yil 27-yanvar kuni o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Kyungwon University bilan hamkorlikda “Global Citizenship Workshop” nomli xalqaro seminar-trening tashkil etildi.