Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/09/2025
Chop etish
“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi.

Bugun universitetimizda yoshlar hayotida muhim voqea — “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi topshirig‘i asosida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, salomatligini mustahkamlash va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.

20–30-sentyabr kunlari o‘tkaziladigan musobaqalarda talabalarimiz mini-futbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika va stritbol turlarida bellashadilar. Avval fakultetlar ichida saralangan jamoalar keyingi bosqichda fakultetlararo va bosqichma bosqich respublika musobaqalarida chempionlik uchun kuch sinashadi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan universitet rektori Maqsudjon Yuldashev “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar kuch-g‘ayrati, do‘stlik va hamjihatlik maydoni sifatida ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Musobaqaning ilk kungi bellashuvlarini Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talaba-yoshlari boshlab berdi. Olimpiada, ishonchimiz komil, talabalarimizga nafaqat g‘alabalar, balki do‘stlik va jamoaviy ruhni mustahkamlash imkoniyatini ham taqdim etadi


Ulashish:
1 482
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi
Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”da bo‘lib o‘tgan festivalda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Jizzaxda “Vatanparvarlik paradi” tantanali ruhda o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida “Vatanparvarlik paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Ijodiy (kasbiy) imtihonlarning ikkinchi kunida abituriyentlar Musiqa ta’limi hamda Sport faoliyati: dzyudo ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etmoqda.