Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/07/2025
Chop etish
Xalqaro hamkorlik.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u sport menejmenti, marketing va innovatsion ta’lim metodikalari bo‘yicha xalqaro miqyosda yetakchi bo‘lgan Johann Cruyff instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur institutda Jabborova Anora institut menejeri janob Roman Paskal bilan uchrashdi. Suhbat davomida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollarini, ayniqsa sport sohasi bilan bog‘liq ingliz tilini o‘qitish metodikasini o‘rganish, hamkorlikda seminar va master-klasslar tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.


Uchrashuv davomida Johann Cruyff institutining zamonaviy infratuzilmasi, interaktiv o‘quv tizimi, sport sohasida liderlik va menejmentga oid o‘quv dasturlari haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi. Universitetda xorijiy tajribani joriy etish, talabalar va ustozlar uchun zamonaviy o‘quv metodikalarini olib kirish bo‘yicha qiziqarli g‘oyalar muhokama qilindi.


Mazkur tashrif JDPU va yevropalik yetakchi ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ladi.


Ulashish:
6 554
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi
Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”da bo‘lib o‘tgan festivalda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Jizzaxda “Vatanparvarlik paradi” tantanali ruhda o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida “Vatanparvarlik paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Ijodiy (kasbiy) imtihonlarning ikkinchi kunida abituriyentlar Musiqa ta’limi hamda Sport faoliyati: dzyudo ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etmoqda.