Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
01/05/2025
Chop etish
E’LON
“KATTA RAZVEDKA” INNOVATSION LOYIHALAR AKSELERATORI TANLOVI BOSHLANDI

Hurmatli talabalar, yosh olimlar va innovatorlar!

Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti tomonidan Perm o‘lkasi hukumati, AO “ODK” va sanoat hamkorlari ko‘magida o‘tkazilayotgan har yillik “Katta razvedka” innovatsion loyihalar akseleratori tanlovi boshlanganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

Tanlov akselerator shaklida, masofaviy shaklda o‘tkaziladi va ishtirokchilarga o‘z startap loyihalarini rivojlantirish, takomillashtirish hamda yirik sanoat buyurtmachilariga taqdim etish imkonini beradi.

📌Loyihalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:

• TechNet
• IT & Robotics
• Chemical & GreenTech
• Mining & Energy
• Agro & MedTech

Ariza topshirish muddati: 2025-yil 23-maygacha
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://razvedka-perm.ru (https://razvedka-perm.ru/)

Murojaat uchun: +998901821158

@jdpu_xalqaro_faoliyat


Ulashish:
448
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Geografiya ta’limini modernizatsiyalash sharoitida yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlash muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi “Aydarko‘l Resort” majmuasida bo‘lib o‘tgan mazkur anjuman geografiya ta’limining bugungi holati, ustuvor yo‘nalishlari hamda global...
Jizzax davlat pedagogika universitetida sportga oid davlat siyosati ijrosi ta’minlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan universitetda sportni rivojlantirish holati o‘rganildi.
JDPUda sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi sport bayramiga aylandi.
Tadbir professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan jamoalarni e’tirof etish bilan boshlandi.