G.A.Xolboyeva p.f.n., dots.,
Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri
Badiiy matnni shakllantiruvchi leksik vositalarni o‘qitish metodlari ham o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Leksik vositalarning ma‘nolarini o‘rgatishda dars ishlanmalari tuzish va bu ishlanmalardan dars davomida foydalanish uslubiyati haqida quyida boshlang’ich sinflar uchun mo‘ljallangan dars ishlanmalaridan namunalarni tavsiya etamiz. Bu dars ishlanma shunisi bilan ahamiyatliki, bunda o‘quvchilar faqat o‘qish darsini o‘rganibgina qolmay so‘z boyliklarini ham boyitib o‘zlari uchun yangi so‘zlarni o‘zlashtirib oladilar.
Omonim so’zlarni o’qitish uslubiyati.
Sinf: 4-sinf.
Mavzu: Ot so’z turkumi yuzasidan takrorlashda omonim (shakldosh) so‘zlarning ishtiroki.
Darsning maqsadi:
- Ta’limiy maqsadi
- So’z turkumlaridan ot haqida keng qamrovli bilim berish,bilim, ko’nikma malakalarini mustahkamlash. Shakldosh so‘zlar to‘g‘risida ko‘nikma hosil qildirish.
- O’quvchilarning bilish darajasini bir-biri bilan taqqoslash.
- Tarbiyaviy maqsad:
- Ajdodlar merosiga sodiq bo’lib,vatanimizga munosib farzand bo’lish.
- Odob-axloq qoidalariga rioya etish, o’zgalar fikrini aniqlash, hurmat qilishga o’rgatish
- d) O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish.
- Rivojlantiruvchi maqsad.
Bilim ko’nikma malakasini rivojlantirish, tez fikrlay olish, hozirjavobligini oshirish.
Darsing turi: Aralash, bilimlarni mustahkamlovchi
Dars usuli: Aqliy hujum, klaster,beshinchisi ortiqcha metodi, nima qiladi? metodi, baxtli tasodif metodi.
Darsning jihozi: Darslik, kompyuter,monitor,tarqatma kartochkalar,
Dars shiori: O’rgan –o’rgat shiori
Boshlang’ichdir poydevori.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
O’quvchilar darsga hozirligi tekshiriladi.
“Tartib posboni “va” оrasta qiz – hisobot beradi. Qish fasli haqida ma‘lumot beriladi.
2022-yil qanday nomlanadi.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash va uy vazifani tekshirish.
Baxtli tasodif metodidan foydalanib o’quvchilarga 6 ta konvert ko’rsatiladi, 1 ta konvert ichida
5* omad yozilgan bo’ladi, o’quvchilar konvertdagi savollarga birin ketin javob berishadi va kimga baxtli tasodif tushsa sinf chapak chaladi,
5* qoyiladi.
Savollar.
1-savol ; Tilimizda nechta kelishik bor?
2-savol: . Bosh kelishik qo’shimchasini ayting?
3-savol: Bosh bo’lak gapda qanday vazifasida keladi?
4-savol: Ot yasovchi qo’shimchalarni ayting?
5-savol: O’rin-payt kelishigi qo’shimchasini ayting
Yangi mavzu bayoni:
O’qituvchi;
Juft savolim bor sizga,Ham o’g‘ilga ham qizga.
Nima ekdi ? –Gulnoza?
O’quvchi; Gul ekdi Gulnoza.
O’qituvchi Gulga nima quyayapti?
O’quvchi:- Suv quyayapti.
O’qituvchi; Berilgan rasmlar asosida og’zaki hikoya tuzasiz va otlarni aniqlaysiz.
Qoida: Narsa va shaxsning nomini bildirib kim? nima? Kimlar? Nimalar? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar otlar deyiladi.
Kelishik qo’shimchalari |
Narsa nomini bildiradi |
Ot yasovchi qo’shimchalar |
So’z turkumi |
OT |
Otga bog’lanib keladi |
SHaxsni bildiradi |
Kim?, Nima?, Kimlar?, Nimalar? |
So’roqlariga javob bo’ladi. |
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni 2020 yil 19 may.
- Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizom. /www/ZiyoNet/uz
- Umumiy o‘rta ta’limning DTS va o‘quv dasturi. T.:2017. –74b.
- S.Matchonov, X.Bakieva, X.G’ulomova, SH.Yo’ldosheva, G.Xolboeva.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi Darslik. “Ishonchli hamkor” nashriyoti. Toshkent 2020-728 b.