Pardaboyev Soxib Begali o’g’li
JDPU Sirtqi bo’lim, Tabiiy va aniq fanlarda
masofaviy ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Raxmonqulov Sarvar Abdujabbor o’g’li
JDPU Sirtqi bo’lim, Biologiya
yo‘nalishi 5-kurs talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada yo’sinlarning ahamiyati, jumladan, hayvon va inson hayotidagi o’rni. Bugungi kunda yo’sinlar tabiatda tarqalishi va ularning turlarini yo’qolib ketishini oldini olish maqsadida ko’pkina ilmiy va amaliy chora tadbirlar amaliyotga joriy etilib, o’zining ijobiy samaralarini berib kelmoqda.
Kalit so’zlar: Yo’sintoifalar, o’simlik, qo’riqxona, yaylov, sfagnum va funariya.
Kirish
Bir qarashda ko’rimsiz va xushmanzara bo’lmagan yo’sintoifalar tabiatda juda va muhim rol o’ynaydi. Ular tabiatda quyosh nurini qabul qilish kislorod ajratib moddalarning davriy aylanishini ta’minlab shuningdek yo’sintoifalar boshqa o’simliklar singari biosferaning muhim komponenti sifatida xizmat qilib xuddi odam singari ajralmas qismi hisoblanadi.
Yo’sinlar o’zgaruvchan haroratda ham ya’ni namgarchilikka yoki qirg’oqchilikda shuningdek kam hosildor muhitlarda ham jamoa hosil qilib o’sa oladi. Bunday joylarda boshqa yuksak o’simliklar ahyon – ahyonda yoki umuman uchrashi juda qiyin. Yo’sinlar odatda birlamchi o’simliklar guruhi tarkibiga kirib ular qoyalarga, toshlarga va suvli yalong’och tuproqlarga o’sa oladigan pioner o’simliklar hisoblanadi. O’sha muhitda birinchi paydo bo’lgan yo’sinlar asta sekinlik bilan nobud bo’lishi natijasida boshqa yo’sinlar yoki yopiq urug’li o’simliklar o’sishi uchun muhit yaratib beradi [42,43,44]. Ayniqsa kakku zig’iri (polutrichum commune) bilan yoppasiga qoplana boshlaydi. Keyinchalik sfagnum yo’sinlari paydo bo’lishi o’simliklar qoplamidagi roli asta sekinlik bilan orta boradi va nihoyat yo’sinlarda tashkil topgan botqoqlik hosil bo’ladi.
Keyinchalik o’rmonning asta sekinlik tiklanish natijasida tuproqdagi namlik darajasi o’zgara boshlaydi. Bu esa sfagnum yo’sinlari va kakku zig’iri o’z o’rnini boshqa yo’sinlar va gulli o’simliklarga ajrata boshlaydi. Shimoldagi tayga zonalarida yog’ingarchilik yuqori bo’lishi natijasida ko’pchilik gulli o’similiklar namgarchilik va sovuq iqlimga moslasha olmay nobud bo’la boshlaydi va ularning qoldiklari organik o’g’itlarga aylanib torf yo’sinlarning o’sishi tezlashib torfli qatlam hosil qilib yerning yoppasiga gilamdek egallaydi. Agar insoniyat o’tloq hayotiga aralashmasa ya’ni suvni va havoni ta’minlamas ekan bu o’tloqlar keyinchalik botqoqlikka aylanadi. Sfagnumli botqoqliklar ahamiyati juda katta, ya’ni ulardan torf undan yoqilg’i sifatida foydalanadi. Shuningdek kimyo sanoati uchun xomashyo materiali hisoblanib qurilish va qishloq xo’jaligi uchun ham muhim xom ashyo hisoblanadi. Insoniyat bevosita yo’sintoifalarni bir qancha turlaridan foydalaniladi. Sfagnum yo’sini antibiotik xususiyatga ega bo’lib, u o’ziga katta namlik to’plab va issiqlikni o’tkazmaydi. Izolyasiya vositasi sifatida qo’llaniladi. Ayniqsa medisina yaralarga bog’lash uchun bog’lam sifatida ishlatiladi. Shuningdek bir qancha halq xo’jaligida (ayniqsa qish vaqtlarida) yosh bolalarni tagiga to’shaydigan taglik vositasi sifatida bir qancha xalqlar ishlatiladi. Sfagnum yo’sinlari qurilishda issiqlik ezolyasiyasi sifatida akvariumlar uchun bir qancha yo’sinlardan manzarali o’simlik sifatida o’stirish mumkin, masalan suzuvchi richchiya misol bo’la oladi.
Sfagnum va bargli yo’sinlari mevalarni uzoq saqlashda uning ostki qismiga to’shash va o’rash uchun yaxshi material hisoblanadi. Shuningdek chorva mollarining tagiga to’shashda ba’zan medisinada dezenfeksiyalovchi material sifatida ishlatiladi. Biroq sfagnum yo’sinlari zarar ham keltiradi. Ular tundra sharoitida o’tloq va yaylov pichanzorlarini botqoqlantirib ayniqsa ko’p zarar yetkazadi [29,32,38]. Xozirda nam o’lchagich funariya (
Funaria hugrametriea) eksperimental botanik tajribalarida obyekt sifatida turli tashqi muhit faktorlarini o’simliklarga ta’sirini o’rganiladi. Yo’sintoifalarda shuningdek atmosferaning ifloslanishi indikator aniqlaydigan o’simlik sifatida ham foydalanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
- Абрамова А.Л., Абрамов И.Л. Мхи ушелья Кондара (Таджикская
ССР). Новости сист. низш. раст. Л.: 1964, с.325-341.
- Абрамова А.Л., Абрамов И.И. Сфагновые мхи в горах Срeднeй Азии. Новости сист. низш.раст. Л.: 1970,с. 333-346.
- Абрамов И.И., Волкова Л.А. Опрeдeлитeль листостeбeльных мхов Карeлии// Arctoa. -1998. Т.7, Прилож.1. – 390 с.
- Абрамова А.Л., Ладыжeнская К.И., Савич-Любицкая Л.И. Андрeзeвые и Бриевые (Тeтрофиссовые, Политриховые, Буксбаумиевые, Шистостeгиевые) мхи. – В кн.: Флора споровых растeний СССР. Т. Ш. Листостeбeльные мхи (2). Изд.АН СССР, М.- Л.: 1954, с 141 – 305.
- Абрамова А.Л., Маматкулов У.К. Барбула Иогансeна (Barbula Johansenii Williams) в горах Срeднeй Азии. – Докл. АН ТаджССР, т. 1X, №18, 1966, с. 41 – 44.
- Абрамов И.И., Абрамова А.Л., Дуда И.К флорe пeченночных мхов Срeднeй Азии. – В кн.: Новости сист. низш. раст. т. 10. – Л.: Наука, 1973, с. 268-242.
- Абрамов И.И., Абрамова А.Л., Отдeл моховидные (Bryopsida). – В кн.: Жизнь растeний. Т.4.Мхи, плауни, хвощи, папоротники, голосeмянние растeния. – М.: Просвeшение, 1978, с. 49-55.
- Абрамова А.Л., Абрамов И.И. Об арeалe Funaria aequidens Lindb – В кн.: Новости сист.низш.раст. – Л.: Наука, 1970 б, с. 342-346.