Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Maxsus maktab o’quvchilariga ma’naviy tarbiyani tashkil etishning psixologik masalalari (eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar misolida).

Jizzax davlat pedagogika unversiteti Umumiy psixologiya kafedrasi o’qituvchisi p.f.f.d (PhD) M.Yu. Egamnazarov Annatatsiya: Mazkur maqolada eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda o’yin faoliyatini tashkillashtirish orqali og’zaki nutqini rivojlantirish jarayoni yoritilgan, maxsus maktablarda darslarni tashkillashtirishda ham ijodiy faoliyatni yo’lga qo’yish va bolalarning o’z-o’zini baholashga yoram berishga qaratilgan tushunchalar yoritilgan. Аннотация: В данной статье описывается процесс развития устной речи у детей с нарушениями слуха посредством организации игровой деятельности, а также направлена ​​на организацию творческой деятельности и помощь самооценке детей при организации занятий в специальных школах. Annotation: This article describes the process of developing oral speech in children with hearing impairment through the organization of play activities. It is also aimed at organizing creative activities and helping children’s self-evaluation in the organization of lessons in special schools. concepts are covered. Kalit so’zlar: eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar, o’qitish tizimi, ijodiy faoliyat, hamkorlik, ta’lim tarbiya, mustaqil faoliyat, ta’lim, tarbiya, metodika. Ключевые слова: слабослышащие дети, система образования, творческая деятельность, сотрудничество, обучение и воспитание, самостоятельная деятельность, обучение, воспитание, методика. Key words: hearing impaired children, educational system, creative activity, cooperation, education and upbringing, independent activity, education, upbringing, methodology. Jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi… “O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni 5-modda” Butun Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti statistikasiga ko’ra, butun dunyo bo’yicha bir milliardga yaqin odam turli darajadagi jismoniy, aqliy, emotsional, sensor, ruhiy buzulishlariga ega. Bu har yetti insondan biri yoki jami yer yuzi aholisining 15% demakdir. Shular jumlasidan eng asosiysi bo’lgan animal bolalardan eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar bo’lib. Bu anamalik holatlar tug’ma va ortirma nuqsonlari mavjud. Bu nuqsonlilikning ikki arajasi karlik va zaif eshituvchi nuqsonlilikka ajraladi. Shundan ko’rinib turibdiki ularning nuqsonlilik darajalarni bartaraf etish metodikalari ham turli hollarda bartaraf etiladi. Eshitishida kamchiligi bo‘lgan bolalarga ta‘lim-tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganish, eshitish idrokini rivojlantirish tizimini takomillashtirish, o‘z bitiruvchilarini ma‘lum bir kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilishlariga erishish, o‘qitishning texnik vositalarini takomillashtirish, bog‘cha va maktab talimining uzluksizligini ta‘minlash, respublika bo‘yicha sog‘liqni saqlash hamda xalq ta‘limi tarmoqlari ishlarini  muvofiqlashtirish, erta tashxis diagnozi muammolarini hal etishdan iboratdir. Eshitishida kamchiligi bo‘lgan bolalar va kattalar uchun ta‘lim muassasalari, uning bo‘g‘inlari birligi va vorisligi asosiga kiritilib, har bir bosqich o‘z vazifalarini o‘taydi va ayni paytda keyingisi bilan bog‘liq. Barcha muassasalar faoliyati asosida yagona maqsad bolalar rivojlanishidagi buzilishlarning oldini olish va korreksiyalash, shaxsni har tomonlama shakllantirish va hayotga, mehnatga tayyorlashdir. Bu umumiy maqsad butun ta‘lim tizimi va uning har bir bo‘g‘ini ishini yo‘naltiradi. Maxsus maktab-internatlarining asosiy vazifasi – alohida yordamga muhtoj bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash, bolaning bilish faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etish, undagi barcha a‘zolar funksiyalarini faol ravishda yaxshilash, ruhiy jarayonlarni ijobiy tarkib toptirish, kamchiligi bor bolalarda Mustaqil Vatanimiz uchun eng zarur asosiy sifatlarni, barkamollikni hamda axloqiy odat va fazilatlarni shakllantirishdan iboratdir. Maktab internat ancha uzoq tumanlarda yashovchi ota-onalar uchun bolalarini o‘qitish imkoniyatini taminlaydi. Shu o’rinda aytish lozimki eshitish nuqsonini bartaraf etishda  asosan ijodiy faoliyat ayniqsa o’yinli metod samarali dars hisoblanadi bu dars jarayonining quyidagi sifatlari ko’rsatib o’tiladi.
  • Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni mustaqil faoliyatni tashkillashtirish analiz jarayoni orqali sintez jarayoni ham rivojlanish samaradorligiga erishish.
  • Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ijtimoiylashuvining vajudga kelishi va moslashish jarayoni aniqligi yuzaga kelishi ko’zda tutiladi.
  • Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar mustaqil harakatlar orqali qarorlar qabul qilish hislatining paydo bo’lishi kuatiladi.
O’yin faoliyatini tashkillashtirish vazifalari unumli ma‘lum shartlarga rioya etilgandagina samarali xal etiladi va bunda asosiy metodikalar inobatga olinishi zarur. (1-rasm)                   O’yin faoliyatini tashkil etishda  samarasi tarbiyachi tamonidan har bir o`quvchining ishi, yakka hususiyatlarini inobatga olinishiga bog`liq. Undan tashqari  bu jarayonda quyidagicha yondashuv muhim xususiyatlar hisoblanadi    (2 rasm) O‘quvchilarni tayyor bilimlarni o‘rgatishdan tashqari ularni mustaqil, ijodiy bilishga, atrof – muhit orqali muomala madaniyatiga o‘rgatish, saqlangan nutq malakalarini oshirib borish o‘z fikrini to‘laqonli bayon etishga o‘rgatish, jamiyatga integrasiya qilish maktab internatlarining vazifasidir. Zero mustaqil va ijodiy fikrlashga ega bo‘lgan avlodgina O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib xizmat qiladigan shaxs bo‘lib yetishadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
  1. Pо‘latova P.M. va boshqalar. Maxsus pedagogika. T.: «Fan va texnologiyalar», 2014
  2. Нуркелдиева Д.А., Чичерина Я.Е. Илк, мактабгача ва мактаб ёшидаги болаларни психологик, педагогик ва логопедия текшириш. Т.: Янги аср авлоди, 2007.
  3. http:www.uzedu.uz – Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги сайти.
  4. World report on disability. World Bank. WHO; 2011: 261.
  Anjuman qatnashchisi talabnomasining namunasi
  1. Egamnazarov Murod Yusupovich
  2. Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
  3. Jizzax davlat pedagogika unversiteti Umumiy psixologiya kafedrasi o’qituvchi (PhD)
  4. Maxsus maktab o’quvchilariga ma’naviy tarbiyani tashkil etishning psixologik masalalari (eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar misolida)
  5. 4 sho’baga
  6. +99893 300 28 24