Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori muassasa talabalari bilan ochiq muloqot qildi.
Ta’kidlash lozim, bu kabi muloqotlar ta’lim dargohida mavjud muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish, talabalarning talab va takliflari bilan yaqindan tanishishda muhim ahamiyatga ega.
Muloqotda yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish, iqtidorlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish borasida qilinayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Mamlakat taraqqiyotini o‘z istiqboli bilan bog‘layotgan talaba-yoshlar hamisha e’tiborda ekanligi alohida ta’kidlandi.
Darhaqiqat, Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarining o‘qib, puxta bilim olishi, ilmiy-tadqiqotlar olib borishi, o‘z sohasining malakali mutaxassisi sifatida kamol topishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Muassasada bu sharoitlardan unumli foydalanib, yuqori natijalarga erishayotgan faol yoshlar talaygina. Yoshlar tomnidan berilgan savolarga universitet rektori batafsil javob berdi.Takliflar o‘rganish uchun yozib olindi.
Besh yuz nafardan ortiq talaba ishtirok etgan ushbu uchrashuv ochiq muloqt va samimiy suhbat va tarzda bo‘lib o‘tdi.