Malaysia Terengganu universiteti professori JDPU ga tashrif buyurdi.
Malaysiа universiteti (Universiti Malaysia Terengganu) professori Zayniddin Eshquvvatov dastlab universitet rektori Sh.Sharipov qabulida bo‘ldi. Suhbat chog‘ida xorijlik mehmon oliygohning Matematika va informatika fakulteti jamoasi bilan kelajakdagi istiqbolli rejalar xususida taklif va fikrlarini bildirdi. O‘z navbatida universitet rektori Sh.Sharipov bu borada bildirilgan taklif va masalalarni qo‘llab-quvvatlashin ta’kidladi. Uchrashuv davomida hamkorlikda ta’lim sifatini oshirish uchun amalga oshirish mumkin bo‘lgan kelishuvlarga erishildi desak xato qilmagan bo‘lamiz.