Qabul jarayonlari: Ochiqlik va shaffoflik
JDPU da bo‘lib o‘tgan press tur ana shunday nomlandi.
Joriy yilning 31 iyul kuni kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan PRESS-TUR tadbirida taklif etilgan OAV vakillariga , axborot xizmati 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari, Abituriyentlarga maslahat va ma’lumotlar beruvchi Call-center faoliyati, Jismoniy madaniyat, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda Musiqa ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Dastlab OAV vakilllari oliygohdagi call-center faoliyati tanishdilar.
Oliygohga uyushtirilgan Press-tur davomida jurnalist va blogerlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar jaaryonlari ham tanishtirildi.
OAV vakillari, axborot xizmatlari rahbarlari appelyatsiya komissiya faoliyati jarayonida bevosita ishtirok etishdi.
Universitetga uyushtirilgan navbatdagi Press-turdan so‘ngida mehmonlar oliygohdagi ATM, Steam park xonalarida ham bo‘lishdi. Press-tur so‘ngida ular qabul jaaryonlari va sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.