#muqaddasan_ayol_
Bugun Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarimizga yuksak hurmat-ehtirom ko’rsatish, jamiyatda munosib o’rin egallashi uchun ko’maklashish masalasini muhim o’ringa qo‘ydi.
Shu o‘rinda, o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 8-mart «Xalqaro-xotin qizlar bayrami» munosabati bilan «Ayol-muqaddasan» nomli tadbir uyushtirdi. Tadbir sho‘x-shodon kuy va qo‘shiqlarga, turli xotin-qizlarning hayotdagi muammolari va yutuqlarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, ayollarning pazandachilik sirlarini ko’rsatib beruvchi tanlovlarga boy bo‘ldi. Tadbirga yutuqlarga erishgan va faol talabalarning onalari ham taklif qilindi. Ularga tashakkurnoma va guldastalar taqdim qilindi. Talabalarning onalari ham farzandlarining yutuqlaridan va shunday hurmat va ehtirom ko’rsatilganidan sevinch ko‘z yoshlarini yashirishmadi. Tadbirda qatnashgan xotin-qizlar bugun hayotda shunday munosib o‘rinlarga egaligidan mamnun ekanligini yana bir bora his qilishdi.