Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Shoir tavalludi keng nishonlanmoqda.

Abdulla Oripov – noyob iste’dod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi. O‘zbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov she’riyati katta o‘rin tutadi. Respublikamizning turli hududlarida, tashkilot va muassasalarda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, atoqli jamoat arbobi Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bog‘ishlangan tadbirlar keng miqyosda boshlab yuborildi. Xususan, bugun Jizzax davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida ham aynan buyuk siymo o‘zbek halqining suyukli shoiri A.Oripovning 80 yilligiga bag‘ishlab taldbir o‘tkazildi. Shunday siymolar borki, ular muayyan xalqning, ma’lum bir davrning barometri sifatida ularning qalbi va ruhoniyatining ko‘zgusi bo‘la oladi. Shubhasizki, Abdulla Oripov ana shunday adiblardandir. Tadbirda so‘zga chiqqan Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov Abdulla Oripov ijodining elparvarlik va fidoiylik mahsuli ekanligini ta’kidlar ekan, “shoirning har bir she’ri juda ko‘p insonlar  hayotining, qalbidan kechgan tuyg‘ularning, iztiroblarining bir parchasi desam mubolag‘a bo‘lmaydi» – deya ta’kidladi.Shu bilan birga tadbirda O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining o‘qituvchisi f.f.doktori U.Qosimov hg‘am so‘zga chiqib o‘z ma’ruzasida  Abdulla Oripov o‘zbekning tanti va jaydari farzandi  ekanligini va u  u – hamisha tarixiy shaxs bo‘lib qolajagini. Zotan, shoir o‘z xalqining ovozi, uning orzu-umidlari va inson qalbi iztiroblarining ifodachisi bo‘lganligini ta’kidladi, “O‘zbeklarga xos donishmandlik, bag‘rikenglik, xokisorlik va andisha Abdulla Oripov hayoti va ijodiga singib ketgan. U o‘zbekning ramzi bo‘lgan ijodkor. Bunday e’tiroflar o‘z-o‘zidan dunyoga kelgan emas.”-deydi o‘z U.Qosimov so‘zi yakunida.Badiiy mushoira sifatida davom etgan tadbir so‘ngida shoir ijodida namunalar o‘qildi.