Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/01/2021
Chop etish
Mushoiraga yo‘g‘rilgan uchrashuv…

Shoir bilan uchrashuv

Jizzax davlat pedagogika institutida  O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yosh ijodkorlar,  institut professor-o‘qituvchilari  ishtirokida o‘tgan tadbirni oliygoh rektori Sh. Sharipov ochib berdi.

Tadbir ishtirokchilari ijodkorlar tomonidan yod olingan she’rlarni eshitishdi. Samimiy suhbat, savol-javob, mushoiraga yo‘g‘rilgan uchrashuv mumtoz va zamonaviy adabiyot darsiga, ijod saboqlariga aylanganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Tadbir davomida  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ishtirokchilarning  ijod namunalarini tinglab, ijodkor e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan qoidalar yuzasidan o‘z maslahatini berib o‘tdi. Tadbir so‘ngida  institut kutubxonasiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi asosida  chop etilgan badiiy kitoblar sovg‘a qilindi Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasiga yangi a’zo bo‘lgan ijodkorlarga tantanali ravishda guvohnomalar topshirildi.

 

 


Ulashish:
1 060
Boshqa rubrikalarda mashhur

“To‘maris izdoshlari” milliy tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “To‘maris izdoshlari” milliy tanlovi Xotin-qizlar maslahat...
Universitetda sport musobaqalari va mashg‘ulotlar boshlandi.
Shanba — ijtimoiy faollik kuni doirasidaJizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar va muntazam mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Universitet Nuroniylar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda universitet faxriylari hamda nuroniy professor-o‘qituvchilar va xodimlardan iborat 100 dan ortiq ishtirokchilar qatnashib, belgilangan 5000 qadam...