Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/04/2026
Chop etish
“To‘maris izdoshlari” milliy tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “To‘maris izdoshlari” milliy tanlovi Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar tanishtirish, sport mahorati, birinchi tibbiy yordam hamda velosipedda uchish yo‘nalishlarida o‘z salohiyatlarini namoyon etib, jasorat, chaqqonlik va jamoaviy ruh uyg‘unligini ko‘rsatdilar.

Tanlov talaba-qizlarda qat’iyat, irodaviy sifatlar va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir sifatida katta taassurot qoldirdi.


Ulashish:
596
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...