Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/11/2026
Chop etish
Payşanba-Rahbar va yoşlar uçraşuvi: Talabalar taşabbuslari qöllab-quvvatlandi

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Payşanba — rahbar va yoşlar uçraşuvi» doirasida Amaliy fanlar pedagogika oliy maktabi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari iştirokida rektor bilan oçiq muloqot taşkil etildi.

Uçraşuv avvalida dekanlar taqdimotlar orqali ta’lim yönalişlari, talabalar kontingenti, professor-öqituvçilar salohiyati, erişilgan natijalar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berdilar.

Qayd etilganidek, Amaliy fanlar pedagogika oliy maktabida 6 ta ta’lim yönalişi böyiça 577 nafar, Jismoniy tarbiya va sport fakultetida esa 5 ta ta’lim yönalişi böyiça 917 nafar talaba tahsil olmoqda.

Şundan söng oçiq muloqot boşlanib, talabalar ta’lim jarayoni, ijodiy va sport faoliyati, böş vaqtni mazmunli taşkil etiş hamda yoşlarni qöllab-quvvatlaşga doir taklif va taşabbuslarini bildirdilar.

Xususan, talabalarning notiqlik mahorati, erkin fikrlaşi va omma oldida çiqiş könikmalarini rivojlantiriş maqsadida «Nutq» tögaragini taşkil etiş taklifi ilgari surildi. Texnologik ta’lim yönalişi magistranti öz qöl mehnati bilan tayyorlagan, rasmlar tuşirilgan kiyim namunalarini namoyiş etdi. Rektor uşbu ijodiy faoliyatni rivojlantiriş uçun universitet boş binosidan alohida xona ajratib berişini ta’kidladi. Şuningdek, talabalarning faolligi va yutuqlarini e’tirof etiş maqsadida maxsus kökrak nişonini joriy etiş, universitet hududida barpo etilişi rejalaştirilgan Talabalar boği uçun köçatlar yetkazib beriş masalalari ham kötarildi. Uçraşuvda universitet sportçilarining yutuqlari ham e’tirof etildi. Xususan, voleybol jamoalarining ğalabalari munosabati bilan sportçilar bugun viloyat miqyosida e’tirof etilgani qayd etildi. Rektor ularni tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tiladi. Universitet tadbirlarida faol qatnaşib kelayotgan musiqaçi talabalarning ota-onalariga taşakkurnomalar yuboriş, şuningdek, çin yetim va mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar uçun talaba-yoşlar va musiqaçi talabalar iştirokida xayriya konsertlarini taşkil etiş taşabbuslari ham bildirildi. Oçiq muloqot davomida bildirilgan takliflar yuzasidan fikr almaşilib, ularni amalga oşiriş böyiça tegişli vazifalar belgilaşga e’tibor qaratildi.


Ulashish:
199
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rahbar va yoşlar uçraşuvi:Ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va teng imkoniyatlar
Jizzax davlat pedagogika universitetida Özbekiston Nogironlar jamiyati Markaziy boşqaruvi raisi Komiljon Abdullayev, iştirokida nogironligi bölgan talabalar bilan uçraşuv ötkazildi.
Payşanba-Rahbar va yoşlar uçraşuvi: Talabalar taşabbuslari qöllab-quvvatlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Payşanba — rahbar va yoşlar uçraşuvi» doirasida Amaliy fanlar pedagogika oliy maktabi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari iştirokida rektor...
JDPUda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talabalar klubi yig‘ilishi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi yig‘ilishi tashkil etildi.