Jizzax davlat pedagogika universitetida «Zamonaviy ijtimoiy psixologiya: an’analar va istiqbollar» mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
Anjumanni universitet rektor maslahatçisi Ğayrat Qodirov oçib berdi. U öz nutqida psixologik xizmat samaradorligini oşiriş, malakali psixolog kadrlar tayyorlaş va yoşlarning ruhiy farovonligini qöllab-quvvatlaş masalalariga e’tibor qaratdi.




Anjumanda Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy va AQŞ olimlari, şuningdek, respublikamiz oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari vakillari iştirok etdi.






Ilmiy muhokamalar törtta şöbada olib borilib, oilaviy munosabatlar, psixologik xizmat, zöravonlik va tazyiqning oldini oliş, inklyuziv ta’limda psixologik yordam, yoşlarning emotsional intellekt va xulq-atvor xususiyatlari hamda psixolog kadrlar tayyorlaş masalalari körib çiqildi.








Anjuman doirasida iştirokçilar ilmiy tadqiqot natijalari va amaliy tajribalarini taqdim etib, sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşdilar.



Anjuman materiallari asosida 250 dan ortiq ilmiy maqola va tezisni qamrab olgan töplam naşrga tayyorlandi.
