Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, tarixiy xotira va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan “Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining fakultetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — yoshlarni xalqimizning boy madaniy va ma’naviy merosi, urf-odat va an’analari, milliy san’ati bilan yaqindan tanishtirish, yurtimiz tarixi hamda bugungi islohotlar mazmunini keng targ‘ib qilish, jadidlar hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish orqali talabalarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishdan iborat.





Ishtirokchilar uchta shart bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etib, milliy qadriyatlarimizni anglash, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish borasidagi salohiyatlarini ko‘rsatdilar.







Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan Amaliy fanlar pedagogika oliy maktabi jamoasi tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.








G‘olib jamoaga navbatdagi bosqichda muvaffaqiyat tilaymiz!









