Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/10/2020
Chop etish
ONALARIMIZ NUTQI JOZIBADORLIGI ASLO SO’NMASIN!

Har bir tilning inson kamolotida tutgan o’rni va  shakllanib borishida onalarning o’rni juda katta. Chunki har bir go’dak ona allasini eshitib katta bo’larkan, voyaga yetgach ham ona bilan muloqoti uzilmaydi, ona bilan eng ko’p gaplashadi.

Shunday ekan, onalar, ayollar ona tilimizning sofligini saqlab, farzandlarda tilga sadoqat ruhini uyg’otishi ayollarga nechog’li bog’liq ekani ma’lum bo’ladi. O’zbekiston Respiblikasi Senati raisi Tanzila Norboyeva BMTning Xotin-qizlar masalasi bo’yicha bo’lib o’tgan sammitida ilk bor o’zbek tilida so’zlagani va mazkur nutq dunyoning bir necha davlatlari tiliga tarjima qilib berilganligi o’zbek tilining jahon minbarlaridan birida tinglangani  – o’zbek ayolining ona tiliga mehr-muhabbatini oshkor etganidan dalolatdir.  Ifodador, jarangdor, tashbehlarga boy va hush ohang tilimizni  ayollarimiz nutqi ila farzandlar qalbida kurtak yozishi  bu kelgusida ona tili sofligini saqlash hamda g’urur bilan himoya qilish, ardoqlashdek natijasini – mevasini berishi  tabiiy, albatta.  Bugun  Ona tilimiz jozibasini yo’qotmay, boy kalomlarini nutqiy bisotimizga to’kib, til madaniyatiga hissamizni qo’shmoqlik farzandlar kamolining eng muhim omillaridan biri ekanini anglamoq fursati yetdi. Darhaqiqat, oilalarda nutqiy odob, so’zlashuv madamiyatiga befarq bo’lmaslik ko’p jihatdan onalar til madaniyatiga borib taqaladi. Birgina ertaklar mazmunidagi voqealar, hodisalarning chiroyli  bayon qilinishi  farzandlar til boyligini oshirishda katta o’rin tutadi, qolaversa,   o’z nutqining ravonligi, so’zga  boyligini anglab o’sayotgan  farzand qalbida ona tiliga nisbatan iftixor hissini uyg’otadi.

Farzandlarimiz tilimiz jozibasidan bahra olib ulg’aysinlar!

 

Surayyo Do’stova,

O’zbek tili o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi.


Ulashish:
1 028
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.
JDPUda “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” doirasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” deb e’lon qilingan tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Madaniyat...