Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/09/2026
Chop etish
JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Anora Jabborova ochib berdi. Seminarda universitet doktorantlari, ilmiy tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Clarivate kompaniyasining O‘zbekistondagi mintaqaviy vakili, naukometriya bo‘yicha ekspert, PhD Diana Abdumo‘minova ishtirokchilarga Web of Science, Pivot-RP va ProQuest platformalaridan foydalanish, ilmiy manbalarni izlash, tadqiqotlarni tahlil qilish hamda xalqaro grant va moliyalashtirish imkoniyatlarini topish bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berdi.

Seminar ishtirokchilarning xalqaro ilmiy resurslar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.


Ulashish:
106
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Anora...
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.