“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurоdov va Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori ishtirokida talaba-yoshlar bilan “Yangi imkoniyatlar va yangi maqsadlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Jizzax shahar prokurori Akbar Sakiev, shahar hokimligi mas’ullari hamda universitet vakillari ham qatnashdi.








Ochiq muloqotda yoshlarning bandligini ta’minlash, kasbiy rivojlanishi, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol va takliflarini bildirdilar.




Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va murojaatlarni o‘rganish hamda tegishli mas’ullar tomonidan amaliy choralar ko‘rish belgilandi.








