Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/09/2026
Chop etish
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda fakultet dekanlari, dekanlarning yoshlar bilan ishlash va o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda talabalar haqidagi ma’lumotlarni yagona elektron bazada shakllantirish, ularning ta’lim jarayoni, ijtimoiy faolligi, individual ehtiyojlari va mavjud muammolarini muntazam o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, muammoli vaziyatlarni erta aniqlash va talabalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. Tadbirga universitet rektori Maksudjan Yuldashev raislik qildi

Muhokamalar yakunida talabalar bilan individual ishlashni kuchaytirish, ma’lumotlar bazasini sifatli shakllantirish va aniqlangan muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Mazkur yondashuv talabalarning ehtiyoj va muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga individual yondashuvni kuchaytirish hamda universitetda yoshlar bilan ishlashning yagona, tizimli va natijador mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
42
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda fakultet dekanlari, dekanlarning yoshlar...
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.