Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/08/2026
Chop etish
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni paytda universitetning Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Sankt-Peterburg davlat universitetida, Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o‘qituvchilari esa Vengriyaning Obuda universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridagi ushbu malaka oshirish jarayonlari yangi bilim va zamonaviy metodikalarni o‘zlashtirish, tajriba almashish hamda JDPUning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


Ulashish:
872
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.