Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/01/2026
Chop etish
Kembrij universitetida o‘tkazilgan seminar xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qildi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25–31-yanvar kunlari Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida Markaziy Osiyo oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur seminar doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Xususan, seminar doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Yuldashev Maksudjan Abdullayevich Qozog‘istondagi K. Jubanov nomidagi Oqto‘be mintaqaviy universiteti hamda Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek musiqa-pedagogika instituti rektorlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Ushbu xalqaro seminar Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, akademik aloqalarni kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


Ulashish:
4 594
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.