Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

3–SINF MATIMATIKA DARSLARIDA MENTAL ARIFMETIKANING AHAMIYATI

1Asadov N.R., 2Asqarova N.B. 1JDPI dotsenti, 2JDPI magistranti (O’zbekiston) Annotatsiya: ushbu maqolada 3-sinf matematika darslarida mental arifmetikaning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan Аннотация: В данной статье речь идет о значении ментальной арифметики на уроках математики 3 класса Annatation: This article deals with the importance of mental arifmetic in 3rd drade mathematics lessons. Kalit so’zlar: Bilim, texnologiya, mantiq, rag’batlantirish, mental arifmetika, iqtisodiyot, ta’lim-tarbiya, texnika, kompyuter. Ключевые слова: Знание, технология, логика, поощрение, ментальная арифметика, экономика, образование-воспитание, техника, компьютер. Key words: Knowledge, technology logics, encouragement, mental arifmetic economics, education, technics, computer. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo’lib hisoblanadi. Mustaqil yurtimizda ta’lim tizmini isloh qilish, sohaga zamonaviy pedtexnologiyalarni tatbiq etish orqali ta’lim sifatini yuqori darajaga ko’tarish muhim vazifa etib belgilandi. Bugungi kunda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar Respublikamizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.,,Agar mendan sizni nima  qiynaydi? deb so’rasangiz farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi deb javob beraman” deya ta’kidlagan edi muxtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. Yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohatlar bugungi O’zbekistonni yanada rivojlantirish unda jahon davlatlari bilan raqobatlasha oladigan yuksak salohiyatli kadrlar tayyorlash uchun yosh avlod ta’lim tarbiyasiga, ularning bilimlarini yuksalturishga juda katta imkoniyat shart–sharoitlar yaratmoqda. Farzandlar tarbiyasi eng avvalo oiladan boshlanadi. So’ngra maktab ostonasiga qadam qo’yayotgan jajji murg’ak qalb egalarida ona zaminga, vatanga muhabbat uni asrab–avaylashga, yurtga munosib inson bo’lish ruhida tarbiyalash har bir pedogog zimmasiga yuklatiladigan eng ulug’ vazifa sanaladi. Ta’lim sohasida maktabgacha va boshlang’ich ta’lim sohasining o’rni beqiyos. O’sib kelayotgan yosh avlod kelajakda o’zlari tanlagan kasbining munosib egasi bo’lishilari uchun boshlang’ich sinf ustozlarining zimmasiga yuksak masuliyat yuklaydi. Darhaqiqat barcha ezgu ishlar, ezgu amallarni bajaruvchi barcha shaxslar dastavval maktabda ta’lim tarbiya oladi. Kundan kunga rivojlanayatgan davlatimizda ham ta’lim tarbiya sohasida mislsiz o’zgarishlar olib bormoqda. Muxtaram prezdidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bugungi kunda maktab sohasiga ayniqsa maktabacha va boshlang’ich ta’lim sohasiga qaratayotgan e’tibori ko’lamida kelajak poydevorlari bo’lgan yosh avlodlar uchun qurilib bitirilayotgan barcha zamonaviy talablarga javob bera oladigan ta’lim muassalari, har bir inson qalbida yuksak mamnunlik va shu bilan birga katta masuliyat yuklaydi. Maktabgacha va boshlang’ich sinflarida bilim olayotgan jajji kelajak egalari barcha fanlardan a’lo darajada bilim olishlari kerak. Shu o’rinda shuni takidlash lozimki, asosiy fanlarimizdan biri bo’lgan matematika fanini o’zlashtirishda, darslarda yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish talab etiladi. Maktablarda boshlang’ich sinfga kelgan o’quvchilarning ong va ongosti faoliyatini o’stirish, xotirasini mustahkamlash va ularni aniq fanlarga qiziqtirish uchun maktablarda mental arifmetika kurslarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu yoshda bolalarning miya faoliyati juda tez ishlaydi va ularga eslab qolish qobiliyati juda yaxshi bo’ladi. O’rgangan barcha narsalari xotiralarida saqlanib qoladi. Bejizga ,,Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir” deb aytilmagan. Mental arifmetika-bu nima degan savol tug’uladi albatta bu o’quvchilarning matematik hisoblashlarni hech qanday texnikalarsiz yani kalkulyatorlarsiz miyada barmoqlar yordamida hisoblash deganidir. Uning asosiy foydalanadigan o’quv quroli bu abakusdir. Abakus bilan ishlayotganda ikkala qo’l barmoqlari baravariga harakatlanadi. Abakusda ishlashda aniqlik juda muhim va bu jarayonlarda o’quvchilar oddiy arikmetik amallarni o’rganishi oson. Bu dastlab Xitoyda paydo bo’lgan, bugungi kunda 52 tadan ortiq jahon davlatlarida mental arifmetika o’quv kurslaridan foydalanilmoqda. Bunda asosan bolalarning diqqatlarini jamlashi, tez fikrlash, chaqqonlik va eng muhimi xotira mustahkamlanadi. Mental arifmetikani boshlang’ich sinf matematika darslarida to’g’ri qo’llash orqali juda yaxshi natijalarga ega bo’lish mumkin. Mental arifmetika 4-16 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ekanligi ayniqsa 1 sinfga kelgan o’quvchilarda dastlabki rang va raqamlar haqidagi tushunchalarni o’rgatish dastlabki arifmetika elementlari haqida ularda dastlabki tasavvurlarni paydo qiladi. Matematika darslarida mental arifmetikani qo’llashda sinfda boshqa o’quvchilarda o’zlashtirishda orqada qolayotgan, boshqa o’quvchilar bilan muloqotga kam kirishadigan, fikrini to’liq bayon qilaolmaydigan, tortinchoq o’quvchilarda mental arifmetikani o’tish ularning miya  yarim sharlarida har ikki yarim shar faoliyatini harakatga keltirib ularda fanga, atrofdagi boshqa o’quvchilar bilan muloqotga kirishishlarida katta yordam berib ularda fanga qiziqishni uyg’otadi. Eng muhim jihatlaridan biri mental arifmetika bilan shug’ullanayotgan bolalarga hayotda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarda yagona tog’ri yechimni topa olishlarida katta yordam beradi. Buning amaliy ko’rinishi natijasi o’laroq 3-sinf o’quvchilarida mental arifmetika mashg’ulotlarini olib bordim. Bu mashg’ulot natijasi juda yaxshi bo’ldi sinfda a’lochi o’quvchilarda bu juda katta samara berdi, shu bilan birga sinfdagi o’zlashtirishda orqada qolayotgan o’quvchilarimda ham o’zgarishlar bo’la boshladi ular ham a’lo baholarga o’qiydigan tengdoshlari singari javob berishga harakat qila boshladilar. Ularning nutqi rivojlana boshlandi. Mashg’ulotlarda olib boriladigan turli o’yinlarda faol ishtirok etdilar. Hozirgi kunda zukko, bilimga chanqoq yosh o’quvchilarni rag’batlantirish ularga yanada chuqurroq bilim berish ularni mantiqiy fikrlashlarini yuksaltirish jahon davlatlari yoshlari bilan bemalol bellasha oladigan qilib tarbiyalashimiz lozim. Ta’lim-tarbiya sohasida bo’layotgan o’zgarishlar yaratilayotgan imkoniyatlardan biri bu bugungi kunda prezdident maktablarining ochilishidir. Bu maktablarda zamonaviy o’quv xonalari, sport zallari, zamonaviy electron texnika vositalari va eng muhimi har bir fanlardan darslarni shu fanning yetuk mutaxasislari bermoqda. Bu maktablarga chet davlatlardan tajribali o’qituvchi professorlar jalb etilgan. Manashu maktablarda ta’lim olish istagida bo’lgan o’quvchilar barcha fanlardan a’lo baholarga o’qishlari mantiqiy fikrlay oladigan hayotda duch keladigan barcha muammolarda o’zlari mustaqil to’g’ri qaror qabul qila oladigan yetuk shaxs bo’lishlari talab etiladi. Bu borada ham mental arifmetikadan samarali foydalanish mumkin. Mutaxasislarning ta’kidlashicha matematikani yaxshi o’zlashtirgan o’quvchilarning tahliliy va mantiqiy fikrlash doirasi yuqori bo’ladi. U nafaqat misol va masalalar yechishda, balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish muhokama va munozara olib borish, ishlarini bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o’zida rivojlantiradi. Bugungi kunda matematikadan samarali bilim berish uchun avvalo matematika metodikasini bilish juda muhim. Darslarni qiziqarli qilib barcha o’quvchilarni dars jarayonlariga jalb qilia olish muhim ahamiyatga ega. Bu dars jarayonlarida mental arifmetikani to’g’ri qo’llash o’quvchilarda bilim saviyasini mustahlamlaydi. Ularni kelajakda jamiyat uchun kerakli inson bo’lishiga katta yordam beradi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda barcha sohada rivojlanayotgan jonajon O’zbekistonimizni yanada yuksaltirshda ta’lim sohasida biz pedagog kadrlar yosh avlodlarga qo’limizdan kelgancha zimmamizga yuklatilgan yuksak masuliyatli vazifalarning tub mohiyatini anglagan holda dars jarayonlarida turli noan’anaviy usullardan, metodlardan foydalanib dars jarayonlarini tashkil etishimiz lozim. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Bikboyeva N., Yangiyeva K., Girfonova K. ,,uchinchi sinf matematika darslik“ T.-2019 yil 9-bet
  2. Jumayev B.E. ,,Boshlang’ich matematika nazariyasi va metodikasi“ T.-2012 yil 76-bet
  3. Xalq so’zi gazetasi 2022 yil 6 aprel № 71 1-bet
  4. https://hikmatlar.uz/author/468