“Zaryadlangan zarralarning elektr maydondagi harakati. Zaryadlangan zarralarning magnit maydondagi harakati. Xoll effekti” mavzusida ochiq amaliy dars o’tkazildi
Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga va xalqimizga qilgan murojaatnomasida fizika va chet tillarini oʻrganishni ustuvor yoʻnalish etib belgilab berdilar. Bularning barchasi bekorga emas, chunki fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib boʻlmaydi.
Shu munosabat bilan Jizzax davlat pedagoika instituti “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi Ergashev Jamshid “Umumiy fizika” fanidan “Zaryadlangan zarralarning elektr maydondagi harakati. Zaryadlangan zarralarning magnit maydondagi harakati. Xoll effekti” mavzusida ochiq amaliy dars o’tkazildi.
Amaliy darsini o‘tishda o’qituvchi Ergashev Jamshid mavjud imkoniyatlardan keng foydalangan holda dars jarayonini tashkil eta oldi va auditoriyani to‘la o‘ziga jalb eta oldi. Ochiq darsda talabalar bilan yaxshi ishlagani, mavzuni tushintirishda qiziqarli savol – javoblardan va masalalardan foydalangani, hamda mavzuni tushunarli va ravon tushuntirib bera olganini ham ochiq dars qiziqarli va mazmuni tashkil etilganidan dalolat beradi.