Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
14/05/2024
Chop etish
«Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish» mavzusida tadbir tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tarix fakultetida «Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish» mavzusida qator hamkor tashkilotlar hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari, Korrupsiyaga qarshi kurashish Kompleans nazorat tizimini boshqarish bo‘limi vakillari, IIB mas’ul xodimlari JDPUga biriktirilgan Profilaktika inspektorlari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishini, shu bois korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olganligini, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qancha qonun, qaror va vazirlikning buyruqlari qabul qilinganligini, ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarni registrator ofisi xodimlari tomonidan yana bir bor o‘qib tanishib chiqishini, ish faoliyatida korrupsiyaviy holat haqida xabardor bo‘lganda birinchi navbatda o‘zi ishlab turgan muassasa boshlig‘ini xabardor qilish kerakligini yoki huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish kerakligi haqida aytib o‘tildi.


Ulashish:
622
Boshqa rubrikalarda mashhur

Default image
Tanishuv universitet foyesida rus tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ijro etilgan rus xalq qo‘shiqlaridan iborat musiqiy chiqishlar bilan boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va “Sinergiya” korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Sinergiya” korporatsiyasining vitse-prezidenti Yerofeyev Mixail Valeriyevich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev boshchiligida o‘tkazildi.