Yoshlar akademiyasining «Bo’lajak olim» tanlovi bo’yicha seminar-trening o’tkazildi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi tomonidan Fizika va texnologik ta’lim fakulteti talabalariga seminar-trening tashkil etildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 351-son buyrug‘i 11.1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan seminar-treningda Yoshlar akademiyasining «Bo’lajak olim» tanlovining mazmun-mohiyati, uning bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek Yoshlar akademiyasi pla
tformasiga a’zo bo’lish tartiblari hamda bu plarformalarning talaba yoshlarga beradigan imkoniyatlariga alohida to’xtalib o’tildi.